Samarqand viloyatida fuqaroning temir yo‘lni belgilanmagan joyida kesib o‘tishi tufayli YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

14 fevral kuni «Toshkent-Samarqand-Buxoro» yo‘nalishida qatnovchi «Sharq» yo‘lovchi poyezdi Juma temir yo‘l bekatida, Pastdarg‘om tumani «A.Navoiy» mahallasida hududidan o‘tgan temir yo‘lda harakatlanib kelayotgan bo‘lgan.

Shu vaqtda temir yo‘lni belgilanmagan joyda kesib o‘tayotgan S.S.ni (1977 y.t.) poyezd urib ketadi. Fuqaro bel, qo‘l va oyoq qismlaridan tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.