22 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov nomzodini ma’qulladi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘tgan yilning oktyabr oyida Ilhom Mahkamov zimmasiga transport vaziri vazifasini bajarish yuklatilgan edi. Mahkamov unga qadar vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Transport vazirligining oldingi rahbari Elyor G‘aniyev esa avgustda boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod qilingan edi.