23−26 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa qismi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deya xabar qildi O‘zgidromet.

23 fevralda respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 24 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Havo harorati 24 fevralda kechasi va kunduzi 2−7 daraja iliq bo‘ladi, 25−26 fevralda harorat kechalari 7−12 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 2−7 daraja sovuqgacha pasayadi.

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 23 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 24 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24−25 fevralda Qoraqalpog‘istonda harorat kechalari 17−22 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 10−15 daraja sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 12−17 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 5−10 daraja sovuqgacha pasayadi.

23−25 fevralda ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.