Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda xushbo‘y issiqina ichimliklar ro‘yxatini taqdim etadi.

Issiq shokolad


Agarda Siz ham shokolad ishqibozlaridan biri bo‘lsangiz, unda mana bunday issiq shokoladli ichimlik sizga yoqadi. Bunday ichimlik ayniqsa salqin kunlarda qizitib, badanni yayratadi.

Sitrusli choy


Xushbo‘y sitrusli choy — har qanday faslda ham ichish mumkin bo‘lgan ajoyib tanlovdir. Yangi damlangan bu ichimlik sizning kayfiyatingizni ko‘tarib, kerakli vitaminlar bilan ta’minlaydi.

Alkogolsiz qizdiruvchi «glintveyn» ichimligi


Qishning sovuq oqshomlarida uyda o‘tirib, nafaqat qizdiruvchi, balki kayfiyatni ham ko‘taruvchi ichimliklardan bahramand bo‘lishga nima yetsin.

Klyukva-brusnikali choy


Mana yomg‘irlar mavsumi boshlanib, kunlar yana sovib qoldi. Bunday kunlarda biz kayfiyatni ko‘taruvchi ajoyib ichimliklardan tayyorlashni maslahat beramiz.

Zanjabilli choy


Qish, ayni shamollash mavsumida zanjabilli choy iste’mol qilishning ayni fursati. Lekin hamma ham bunday mazali va foydali ichimlik tayyorlashni bilmasa kerak.

Shirchoy


Shirchoy bu sutdan tayyorlaniladigan taom bo‘lib, u ajoyib nonushta bo‘la oladi. Chunki sut vitaminlar manbai ekanligi hech kimga sir emas.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15