Farmatsevtika texnik universiteti Toshkent viloyati Qibray tumanida «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri doirasida tashkil etiladi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Universitet dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlaydi.

Bundan tashqari, klaster o‘z ichiga quyidagi vazifalarni oladi:

  • innovatsion yechimlarni joriy etish orqali farmatsevtika sanoatini rivojlantirish;
  • ixtisoslashtirilgan ta’lim infratuzilmasini yaratish;
  • investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish;
  • xalqaro standartlarga muvofiq dori vositalari va tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish;
  • xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan aloqalarni rivojlantirish.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida Klaster direksiyasi tashkil etildi. Hujjat bilan davlat muassasasining tarkibi, xodimlar soni tasdiqlanadi.

Direksiya loyihaning ijro etuvchi organi, shuningdek qurilayotgan ob’ektlar uchun asbob-uskunalar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni qabul qilish uchun javobgar hisoblanadi.