Namangan viloyatidagi tashrif davomida Shavkat Mirziyoyevning korteji rejalashtirilmagan manzilga, Namangan shahridagi «Bunyodkor» MFYga tashrif buyurdi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar berdi.

Davlat rahbari mahalla raisi bilan suhbat qilib, ichki ishlar bo‘limi holati qoniqarsiz holatda ekanligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng prezident aholi bn suhbatlashdi. Aholi hokim va mahalla raisidan norozi ekanligini bildirdi.

Prezident bilan suhbatda mahalla faollaridan biri ko‘pdan beri u bilan uchrashish orzusi bo‘lganligini aytdi. Shavkat Mirziyoyev «xalq bilan muloqot qilish uchun kelganini» ta’kidladi.

Undan keyin prezident 26-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi. Davlat rahbari tarbiyalanuvchilar mehribonlik uylarini bitirganidan keyin qonunan ijtimoiy himoya qilinishi to‘g‘risida qaror ustida ishlanayotganini ma’lum qildi.