Jamiyat

«Penalti bermaganida hakam chetlatilardi» — Hakamlar departamenti boshlig‘i Namangandagi o‘yin haqida
22 aprel 2021, 18:20

«Penalti bermaganida hakam chetlatilardi» — Hakamlar departamenti boshlig‘i Namangandagi o‘yin haqida

O‘FA hakamlar departamenti boshlig‘i Erkin Baxtiyorov «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvida penalti belgilamaslik noto‘g‘ri ish bo‘lishini aytdi. «O‘yinda uchrashuv muhiti, undagi atmosfera, muxlislardan kelib chiqib penalti qo‘yilmaganida hakam o‘sha o‘yin uchun „2 baho olardi“ va chetlatilardi», — deydi u.

Royal Flight aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi
22 aprel 2021, 17:02

Royal Flight aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi

«O‘zaviatsiya» agentligi Rossiyaning Royal Flight aviakompaniyasiga Moskva-Andijon-Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi.

Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibini murakkablashtirish taklif etilmoqda
22 aprel 2021, 15:51

Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibini murakkablashtirish taklif etilmoqda

Adliya vazirligi «Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonun loyihasini taqdim etdi. «Davlat ehtiyojlari» tushunchasidan voz kechish, yer uchastkalari olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan aniq holatlarning tugal ro‘yxati keltirilib, jarayonlarni murakkablashtirish va «misli ko‘rilmagan shaffoflik standartlari» ni o‘rnatish taklif etilmoqda.

Namanganda 8 yoshli bola YTH oqibatida vafot etdi
22 aprel 2021, 15:36

Namanganda 8 yoshli bola YTH oqibatida vafot etdi

Namangan viloyatida Damas rusumli avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 8 yoshli bolani urib yuborgan. Jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Yoshlar uchun yangi subsidiya va imtiyozlar — prezident yangi farmonni imzoladi
22 aprel 2021, 14:25 4

Yoshlar uchun yangi subsidiya va imtiyozlar — prezident yangi farmonni imzoladi

1 maydan “yoshlar daftari"ga kiritilganlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun subsidiyalar beriladi. 25 yoshgacha bo‘lgan ish beruvchilarga 2023 yilgacha ijtimoiy soliq qaytarib beriladi. Toshkentda ijarada yashayotgan talabalarga ijara to‘lovining BHMning 1, viloyatdagilarga esa 0,5 baravar miqdoridagi qismi qoplab beriladi.

Toshkentda ichki ishlar xodimlari kiyimida makulatura terib yurgan erkak va ayol 10 sutkaga qamaldi
22 aprel 2021, 14:17

Toshkentda ichki ishlar xodimlari kiyimida makulatura terib yurgan erkak va ayol 10 sutkaga qamaldi

Toshkentda ichki ishlar organlari xodimlarining formasini kiyib makulatura to‘plab yurgan erkak va ayolga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.

Toshkentda yuk avtomobili ag‘darilishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi
22 aprel 2021, 14:04

Toshkentda yuk avtomobili ag‘darilishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi

Toshkentda yuk avtomobili ag‘darilishi oqibatida avtomashinaning motor va kabina qismida yong‘in yuzaga kelgan. Xabar berilishicha, yong‘in bartaraf etilgan.

“Yuqoridan topshiriq bo‘lgan”. Tadbirkorlar reklama obyektlarining buzib tashlanishi haqida shikoyat qilmoqda
22 aprel 2021, 13:57

“Yuqoridan topshiriq bo‘lgan”. Tadbirkorlar reklama obyektlarining buzib tashlanishi haqida shikoyat qilmoqda

8 apreldan boshlab Toshkent shahrida reklama qurilmalarini ommaviy buzib tashlash ishlari olib borilmoqda. Tadbirkorlar 300ga yaqin bilbordlarni demontaj qilgan hokimiyat vakillarining harakatini noqonuniy ekanligini aytmoqda va ushbu qarorni asoslab berishni talab qilmoqda. Biznes-ombudsman vaziyatni o‘rganishga kirishdi. “Gazeta.uz” tadbirkorlar va Reklama industriyasi milliy assotsiatsiyasi bilan gaplashdi.

Namanganda o‘zini farzandi bilan birga suvga tashlagan ayol qutqarib olindi
22 aprel 2021, 13:50

Namanganda o‘zini farzandi bilan birga suvga tashlagan ayol qutqarib olindi

Namanganda tunda farzandini o‘ziga bog‘lagan holda ko‘prikdan o‘zini tashlagan ayol Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi hamda voqea joyidan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi fuqaro tomonidan qutqarib olindi.

Ta’mirlanmagan yo‘llar sabab ikki yilda 191 kishi vafot etgan
22 aprel 2021, 13:44

Ta’mirlanmagan yo‘llar sabab ikki yilda 191 kishi vafot etgan

Ikki yilda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan, oxiriga yetkazilmagan hamda ta’mirlanishi lozim bo‘lgan yo‘llarda 532 ta YTH sodir bo‘ldi. Ularda 191 kishi vafot etib, 511 nafar fuqaro jarohatlangan.

Buxorodagi 11 ta umumta’lim maktabi 14 kunlik masofaviy ta’limga o‘tkazildi
22 aprel 2021, 13:25

Buxorodagi 11 ta umumta’lim maktabi 14 kunlik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Buxoro viloyatidagi 11 ta umumta’lim maktabi masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Viloyat xalq ta’limi tizimi xodimlarining 6 nafarida, maktab o‘quvchilarining esa 26 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Jasur Umirovning jinoyatini yashirmoqchi bo‘lgan IIB xodimlari jazolandi
22 aprel 2021, 13:09

Jasur Umirovning jinoyatini yashirmoqchi bo‘lgan IIB xodimlari jazolandi

Jasur Umirov ishi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan tergovchiga holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish uchun dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi sababli hayfsan berildi. Shuningdek, holat bo‘yicha idoraviy nazoratni yetarli darajada ta’minlamagan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TB boshlig‘iga «hayfsan», tuman IIB boshlig‘iga esa «tanbeh» intizomiy jazosi qo‘llanildi.

«LGBT mavzusi dars paytida ko‘tarilmagan» — XTV o‘quvchining paypog‘i tekshirilishi bo‘yicha munosabat bildirdi
22 aprel 2021, 12:14

«LGBT mavzusi dars paytida ko‘tarilmagan» — XTV o‘quvchining paypog‘i tekshirilishi bo‘yicha munosabat bildirdi

Xalq ta’limi vazirligi 110 maktabdagi kalta paypok bilan bog‘liq holatni o‘rganganida, LGBT mavzusi dars paytida ko‘tarilmaganini ta’kidladi. Vazirlik taqdim etgan videolavhaga ko‘ra, o‘qituvchi bolaning kalta paypoqda ekanligini ko‘rib, «Bizda nima, LGBTmi? Oliy Majlis maktablarimizda paypoqsiz yurishni taqiqlagan», — deb aytgan. Direktor o‘rinbosari esa o‘g‘il bolalarga kalta paypoq kiyib yurmaslikni uqtirgan.

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari oshib bormoqda
22 aprel 2021, 11:52

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari oshib bormoqda

O‘zbekistonda so‘nggi bir sutka ichida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 384 nafarni tashkil etib, 21 aprel holatiga ko‘ra umumiy holatlar soni 87 935 taga yetdi. Oxirgi bir hafta ichida kunlik qayd etilayotgan holatlar soni 300 dan deyarli tushayotgani yo‘q.

Namanganda 5 yoshli qizaloq YTH oqibatida vafot etdi
22 aprel 2021, 10:58

Namanganda 5 yoshli qizaloq YTH oqibatida vafot etdi

Namangan viloyatida Nexia-2 rusumli avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli piyodani urib yuborgan. Qizaloq tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

TDYUU THE Impact Ranking reytingida 401 o‘rinni egalladi
22 aprel 2021, 10:18

TDYUU THE Impact Ranking reytingida 401 o‘rinni egalladi

Universitetlar faoliyatini baholab boruvchi THE Impact Ranking reytingidagi 500 ta universitetlar orasida TDYUU 401 o‘rinni egalladi.

Qashqadaryoda NEXIA-1 ga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi oqibatida bir kishi vafot etdi
22 aprel 2021, 09:38

Qashqadaryoda NEXIA-1 ga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Qarshi tumanidagi gaz quyish shoxobchasida avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Bir kishi vafot etdi, yana bir nafari jarohatlangan.

Toshkentda anhordan erkak kishining jasadi topildi
21 aprel 2021, 21:47

Toshkentda anhordan erkak kishining jasadi topildi

Toshkentdagi Anhor kanalidan erkak kishining jasadi aniqlandi. Murdada alomatlari topilmagan, tergov oldi tekshiruv olib borilmoqda.

5 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tdi
21 aprel 2021, 19:35

5 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tdi

Samarqand davlat universiteti, Jismoniy tarbiya universiteti, Jahon tillari universiteti, Sharqshunoslik universiteti va Samarqand chet tillar instituti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi. O‘qituvchi va talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlanmoqda.

Kitobdagi bolalar uyini bir yil avval yopish rejalashtirilgan bo‘lgan
21 aprel 2021, 19:17

Kitobdagi bolalar uyini bir yil avval yopish rejalashtirilgan bo‘lgan

Kitob tumani hokimiyati bolalar yomon sharoitda yashayotgan 5-sonli mehribonlik uyini bir yil avval yopish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bolalarni boshqa muassasalarga o‘tkazish va bu yerda bolalar shaharchasini tashkil etishni taklif qilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting