2019 yilda va 2020 yilning 8 oyi ichida ta’mirlanmagan yo‘llar sababli 532 ta YTH sodir bo‘lgan. Ularda 191 kishi vafot etib, 511 nafar fuqaro jarohatlangani aniqlandi, deya ma’lum qildi Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Qutbidin Burxanov.

Xabarga ko‘ra, mazkur YTHlar avtomobil yo‘llarining ta’mirlash ishlari olib borilayotgan, ta’mirlash ishlari oxiriga yetkazilmasdan qolib ketgan hamda ta’mirlanishi lozim bo‘lgan joylarda sodir bo‘lganligi qayd etilgan.

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat ishtirokchilariga qulayliklar yaratish yuzasidan mahalliy hokimliklar hamda tegishli tashkilot va idoralarga 2017−2020 yillar davomida jami 6 709 ta taqdimnoma kiritilgan. Biroq ularning 3 173 tasi yoki 45 foizi belgilangan muddatlarda ijro etilmagan, deyiladi xabarda.