20 aprel kuni Namangan viloyatida 5 yoshli qizaloq avtomashina urib yuborishi oqibatida vafot etgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa soat 18:30 larda, Namangan viloyati Mingbuloq tumani «Jomashuy-Tegirmon-Navbahor» yo‘lining 4 km.da, Kichik Jomashuy mahallasi ichki yo‘lida, Nexia-2 ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Nexia-2 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi, yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli piyodani urib yuborgan.

Natijada, jabrlanuvchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarinining buzilishi odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.