14 aprel kuni Namangan viloyatida 8 yoshli bola avtomashina urib yuborishi oqibatida vafot etgan, deya xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Hodisa soat 16:30 larda, Namangan viloyati, Namangan tumani, Mullaqudinov MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida, haydovchi A.S. (1986 y.t.) Damas rusumli avtomobilni boshqarayotib chap tomondan o‘ng tomonga yugurib yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotib avtomobil ag‘darilgan.

Natijada, piyoda, A.Sh. (2013 y.t.) tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Namangan tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, avvalroq, Namanganda 5 yoshli qizaloq YTH oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.