Toshkent viloyatining Yangihayot tumanida yuk avtomobili ag‘darilishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 22 aprel kuni soat 11:00 larda, Toshkent shahar, Yangihayot tumani hududidan o‘tgan 4P-21 avtomobil yo‘lida haydovchi M.A. (1992 y.t.) tomonidan boshqarib kelinayotgan “Howo” rusumli yuk transport vositasi ag‘darilgan.

FVVning ma’lumotlariga ko‘ra, yuk avtomashinasi beton to‘siqqa urilib ag‘darilib ketgan, natijada yuk avtomashinasining motor va kabina qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.