Milliy gvardiya matbuot xizmatining xabar berishicha, Namanganda tunda o‘zini farzandi bilan birga suvga tashlagan ayol qutqarib olindi.

22 aprel tungi soat 01:20 larda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi Norin daryosi ustida joylashgan ko‘prik qirg‘og‘iga tushgan notanish ayol o‘zini farzandi bilan birgalikda suvga tashlagan vaqtida, ushbu hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi hamda voqea joyidan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi fuqaro A.A. lar tomonidan qutqarilib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar davomida ushbu ayol Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro X.M. (1983 y.t.) bo‘lib, 2017 yilda tug‘ilgan farzandini o‘ziga bog‘lagan holda suvga tashlagani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.