Buyuk Britaniyaning Times Higher Education tashkiloti o‘zining navbatdagi THE Impact Ranking reytingi natijalarini e’lon qildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti 401-o‘rinni egalladi.

Dunyoning 94 ta mintaqa va davlatlaridan qatnashgan minglab universitetlar orasida TDYUU mazkur reytingda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.

The Times Higher Education Impact Ranking reytingi universitetlarni BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bo‘yicha baholaydigan tizim hisoblanadi.

2021 yilgi reytingga dunyoning 1,115 ta universitetlari kirgan.