Toshkentning Labzak mahallasidan oqib o‘tuvchi Anhor kanalida noma’lum erkak jasadi oqib ketayotgani aniqlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Jasadni 20 aprel kuni tushlik vaqtida Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova hamkasbi bilan sayr qilib yurgan vaqtida ko‘rib qolgan. Ular bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Bosh prokuratura Matbuot xizmatiga ma’lum qilgan.

Voqea joyiga yetib borgan Shayxontohur tumani prokurori rahbarligidagi tezkor tergov gurux tomonidan murdani ko‘zdan kechirish jarayonida unda kuch ishlatish xolatlari va tan-jarohatlari aniqlanmagan, deyiladi xabarda.

Surishtiruv harakatlari davomida joriy yil 21 aprel kuni qo‘l barmoq izlarini tekshirish orqali murdaning shaxsi aniqlangan. Marhumning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.