Jamiyat

O‘simlik yog‘i narxi oshishining sababi ma’lum qilindi
10 aprel 2021, 23:00

O‘simlik yog‘i narxi oshishining sababi ma’lum qilindi

O‘simlik yog‘i narxining o‘sishi tashqi bozorda narxlar oshishi bilan bog‘liq, deya xabar qildi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi. Qo‘mita mamlakatda yog‘ zaxiralari yetarlicha ekanini va narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha choralar ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

Metro eshigi ochiq holda harakatlanishiga sabab bo‘lgan uch xodim ishdan bo‘shatildi
10 aprel 2021, 21:35

Metro eshigi ochiq holda harakatlanishiga sabab bo‘lgan uch xodim ishdan bo‘shatildi

Metro poyezdi eshigi ochiq holda harakatlanishi ortidan olib borilgan o‘rganishlardan so‘ng harakat tarkibining mashinisti, elektr-chilangari va katta ustasi ishdan bo‘shatildi. Eletkrodepo rahbari o‘rinbosari oyligining 40 foizi miqdorida jarimaga tortildi, deya xabar qildi «Toshkent metropoliteni».

Metropoliten harakat vaqtida vagonlardan birining eshigi ochiq qolganini o‘rganishni boshladi
10 aprel 2021, 12:58

Metropoliten harakat vaqtida vagonlardan birining eshigi ochiq qolganini o‘rganishni boshladi

«Toshkent metropoliteni» vagonlardan birining eshigi yopilmay qolgani uchun kechirim so‘rab, xizmat tekshiruvi boshlanganini ma’lum qildi.

Termizda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan
9 aprel 2021, 20:13

Termizda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan

Termizda maktab o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan qizning nomusiga tegish holati Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi. Senator Farhod Boqiyev shahar IIO FMB jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etgani va bir yildan ziyodroq vaqt mobaynida gumondorga chora ko‘rilmaganini ma’lum qildi.

2021 yil uchun fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi
9 aprel 2021, 17:37

2021 yil uchun fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekistonda 2021 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi.

«Navro‘z» qabullar uyi o‘rnida «ulkan kutubxona» quriladi
9 aprel 2021, 17:17

«Navro‘z» qabullar uyi o‘rnida «ulkan kutubxona» quriladi

Toshkent hokimligi Milliy bog‘ hududida madaniy-ma’rifiy kompleks qurilishi boshlanganligi haqida xabar berdi. Bu yerda joylashgan «Navro‘z» to‘yxonasining buzilishi poytaxt aholisi uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Uning o‘rniga 1,5 mln kitob fondiga ega kutubxona qurilishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri qurilish joyida bo‘ldi.

Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
9 aprel 2021, 15:27

Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Yakkasaroy tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi
9 aprel 2021, 14:39

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi

Dam olish kunlari respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7−12 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari esa 17−22 daraja iliqdan yuqori va me’yordan 2−3 daraja past bo‘ladi.

Toshkent va Farg‘onada yaroqsiz batareykalarni yig‘adigan 171 ta konteynerlar o‘rnatildi
9 aprel 2021, 09:44

Toshkent va Farg‘onada yaroqsiz batareykalarni yig‘adigan 171 ta konteynerlar o‘rnatildi

Toshkent shahar va Farg‘onadagi chiqindilarni yig‘ish punktlarida ishlatilgan batareykalarni yig‘ish uchun konteynerlar o‘rnatildi. Hozirda ular 171 ta tashkil etmoqda va keyinchalik respublikaning barcha chiqindi yig‘ish joylari qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

Ramazon oyining boshlanishi 13 aprelga to‘g‘ri keladi
8 aprel 2021, 18:29

Ramazon oyining boshlanishi 13 aprelga to‘g‘ri keladi

O‘zbekistonda Ramazon oyining boshlanishi 13 aprelga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi. Prezident ushbu oyni munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i jinoyat ustida qo‘lga olindi
8 aprel 2021, 16:05

Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i jinoyat ustida qo‘lga olindi

Andijonda yaqin tanishlarini attestatsiyadan o‘tkazish, uch kishini maktab direktori va o‘rinbosari lavozimlariga tayinlash masalasini ijobiy hal qilishi evaziga 8400 dollarni olgan shaxs ushlandi. U pulning 900 dollarini Andijon shahar XTB boshlig‘iga olib borishi kerakligini aytgan. Tezkor tadbir davomida XTB rahbari ham 900 dollar bilan qo‘lga tushgan.

Metroning Sergeli yo‘nalishida poyezd to‘xtab qoldi
8 aprel 2021, 12:50

Metroning Sergeli yo‘nalishida poyezd to‘xtab qoldi

Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishida poyezd texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab qoldi. Yo‘lovchilar estakada orqali evakuatsiya qilindi. Metro yo‘nalishi bo‘ylab avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Surxondaryoda qulab tushgan elektr uzatish tarmog‘i tayanchlari qayta tiklandi
8 aprel 2021, 11:28

Surxondaryoda qulab tushgan elektr uzatish tarmog‘i tayanchlari qayta tiklandi

4 aprel kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yog‘ingarchilik va shamol oqibatida «Surxon» va «G‘uzor» podstansiyalari oralig‘idagi havo elektr uzatish tarmog‘ining ikkita tayanchi qulagan edi. 7 aprel kuni mazkur tayanchlarni tiklash ishlari yakunlanib, elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklandi.

«O‘zbekiston milliy kinofondi» tashkil etiladi
8 aprel 2021, 10:59

«O‘zbekiston milliy kinofondi» tashkil etiladi

Mahalliy kinokompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan filmlarni saqlash uchun «O‘zbekiston milliy kinofondi» tashkil etiladi. Fond byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Zominda turistik-rekreatsion zona va umummavsumiy kurort tashkil etiladi
8 aprel 2021, 10:26

Zominda turistik-rekreatsion zona va umummavsumiy kurort tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan «Zomin» turistik-rekreatsion zona va umummavsumiy kurort tashkil etiladi. Hududda elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari, vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalari, sportning ekstremal turlari uchun sharoit yaratilishi reja qilingan.

Surxondaryoda bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
8 aprel 2021, 10:07

Surxondaryoda bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Surxondaryoda bolalarga baqirib, qo‘pol ravishda muomala qilgan tarbiyachining videosi tarqalganidan so‘ng, u vazifasidan ozod etildi. Yordamchi tarbiyachiga nisbatan intizomiy hayfsan jazo chorasi qo‘llandi.

Urgutda fuqaro otasiga qarashli fermer xo‘jaligi yerini $14 mingga sotishga urindi
8 aprel 2021, 09:42

Urgutda fuqaro otasiga qarashli fermer xo‘jaligi yerini $14 mingga sotishga urindi

Urgutda fuqaro otasiga qarashli fermer xo‘jaligi yerini $14 mingga sotishga urindi. Prokuratura va DXX xodimlari uni pullarni olgan vaqtida qo‘lga olishgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlikka oid moddasi bilan ish ochildi.

To‘rt avtomobil ishtirokidagi YTHda ikki kishi jarohatlandi
8 aprel 2021, 08:46

To‘rt avtomobil ishtirokidagi YTHda ikki kishi jarohatlandi

Chorshanba kuni Yakkasaroy tumanida samarqandlik fuqaro boshqaruvidagi Lacetti Spark va Matiz mashinalari bilan to‘qnashadi. Oqibatda Matiz ag‘darilib, qarshisida turgan avtobusga urilgan. Ikki avtomobil yo‘lovchilari tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkentdagi manzillar bilan bog‘liq muammolar
7 aprel 2021, 22:00

Toshkentdagi manzillar bilan bog‘liq muammolar

Shahar — bu ko‘chalar, binolar, bog‘lar va boshqa ob’ektlardan tashkil topgan murakkab mexanizm. Bu ob’ektlarning barchasiga o‘ziga mos nom berish kerak. Bu uchun aholi punktlariga manzillar reyestri kerak. Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti mutaxassisi Anvar Djabbarov manzillar reyestri nima ekanligi va poytaxt manzillari bilan bog‘liq muammolar haqida gapirib beradi.

726 ta mahallada uy xo‘jaliklari o‘rganiladi
7 aprel 2021, 20:03

726 ta mahallada uy xo‘jaliklari o‘rganiladi

Statistika qo‘mitasi va YUNISEF ayollar, bolalar va uy xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishni boshladi. Kuzatuvlar 726 ta mahallada olib borilib, 4 oy davom etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting