21 aprel kuni «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan Rossiyaning Royal Flight aviakompaniyasiga Moskva-Andijon-Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, aviakompaniya parvozlarni Boeing 757−200 havo kemasida amalga oshiradi.

Ma’lumot uchun, Royal Flight - bu Rossiyaning Sheremetevo aeroportida joylashgan aviakompaniyasi. 2014 yil 11 iyulgacha aviakompaniya Abakan-Avia deb nomlangan va asosan xalqaro hamda ichki yo‘nalishlarda yuk qatnovlarini amalga oshirishga ko‘rsatishga ixtisoslashgan.