Jamiyat

O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada siyosiy va harbiy josuslikda ayblanib, qo‘lga olindi
21 oktabr 2021, 10:32

O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada siyosiy va harbiy josuslikda ayblanib, qo‘lga olindi

Turkiyada chechen muxolifatchilariga qurolli hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblanayotgan to‘rt nafar rossiyaliklar, shuningdek Ukraina va O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi. Bundan tashqari, ular siyosiy va harbiy josuslikda ham ayblanmoqda.

O‘zbekistonda Xotin-qizlar maslahat guruhlari tashkil etilmoqda
21 oktabr 2021, 09:14

O‘zbekistonda Xotin-qizlar maslahat guruhlari tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda Latviya tajribasi asosida xotin-qizlar, yoshlar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam ko‘rsatuvchi maslahat markazlari tashkil etilmoqda. Maslahat guruhlari faoliyati O‘zbekistonning yetti tumanida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yiladi.

Prezident o‘zbek tiliga qiziqishni kuchaytirish uchun kuchlarni safarbar etishga chaqirdi
20 oktabr 2021, 22:06

Prezident o‘zbek tiliga qiziqishni kuchaytirish uchun kuchlarni safarbar etishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrigida «Vatanimizda yashayotgan barcha fuqarolarimiz uchun aziz va qadrli tilga aylanishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish»ga chaqirdi. Mamlakatda yashayotgan turli millat vakillari va chet elliklar uchun maxsus darslik, lug‘at va qo‘llanmalar, video va audiomateriallar hajmini oshirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarur, dedi u.

20 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 oktabr 2021, 21:30

20 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi qaror qabul qilingan qarorlar, Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisi, 1869 yilda qurilgan Xo‘ja Porso jome masjidi buzib tashlanishi — “Gazeta.uz"ning 20 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Mirziyoyev — Ortiqxo‘jayevni hokim etib tayinlanishining sababi va Toshkentning kelajagi haqida
20 oktabr 2021, 21:22

Mirziyoyev — Ortiqxo‘jayevni hokim etib tayinlanishining sababi va Toshkentning kelajagi haqida

Shavkat Mirziyoyev Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlik orqali shaharni rivojlantirish uchun Toshkent hokimi etib tayinlanganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, kelgusi besh yilda shahardagi savdo maydonlari 10 barobarga oshirish, 44 ta yirik savdo va ko‘ngilochar markazlari ishga tushirilishi va “O‘zekspomarkaz” hududida Toshkent xalqaro moliyaviy markazi barpo etilishi rejalashtirilgan.

Farzand asrab olgan oilalarni soliqlardan ozod qilish taklifi bildirildi
20 oktabr 2021, 18:55

Farzand asrab olgan oilalarni soliqlardan ozod qilish taklifi bildirildi

Milliy gvardiya qo‘mondoni farzand asrab olgan oilalarni soliqlardan ozod qilish, qolaversa, ularga alohida to‘lovlar, imtiyozlar yoki kompensatsiyalar to‘lab berishni taklif qildi. «Farzandlikka olganga ham qandaydir pul to‘lovlari berilsa, bola asrab olish keskin ko‘payib ketadi degan umiddamiz», — dedi u. Shuningdek, bolani avvalambor o‘z oilasida qoldirish yoki yaqin qarindoshiga vasiylikka berish choralarini ko‘rish zarurligi aytildi.

Toshkent shahrida kvartira narxlari 5−7 foizga oshgan
20 oktabr 2021, 17:31

Toshkent shahrida kvartira narxlari 5−7 foizga oshgan

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdolari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga oshdi. Ko‘chmas mulk bitimlarining umumiy sonining qariyb 40 foizi Toshkentga to‘g‘ri keladi. Toshkentda kvartira narxlari o‘tgan chorakka nisbatan o‘rtacha 5−7% ga oshgan.

Yillab navbatda turish fuqarolarni bola sotib olishga majbur qilmoqda — Rustam Jo‘rayev
20 oktabr 2021, 17:14

Yillab navbatda turish fuqarolarni bola sotib olishga majbur qilmoqda — Rustam Jo‘rayev

Senatning 20-yalpi majlisida Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev yillar davomida navbatda turish fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan bola sotib olishga majbur qilayotganini ma’lum qildi. U hozirgi kunda 500 nafardan ortiq bolani asrab olishga qariyb 5800 nafar fuqaro navbatda turganini qayd etdi.

Metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi
20 oktabr 2021, 16:42

Metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, metropoliten uchun yil oxirigacha 5 ta, 2022 yilda 14 ta to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilinadi va poyezdlarning soni 80 taga yetkaziladi. Metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etilib, tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.

«Madaniy meros obyektlarini saqlashning shaffof huquqiy mexanizmini yaratish kerak» — Tanzila Narbayeva
20 oktabr 2021, 16:22

«Madaniy meros obyektlarini saqlashning shaffof huquqiy mexanizmini yaratish kerak» — Tanzila Narbayeva

Senat madaniy meros obyektlarini saqlash va himoyasini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturi doirasidagi ishlar to‘liq bajarilmayotganligini ta’kidladi. Senat qo‘mitasi Toshkentda madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan ayrim obyektlar ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi, 4 ta obyekt mavjud emasligini, 56 ta obyektning kadastr hujjatlari bo‘lmaganligini aniqlagan. Senat raisi Tanzila Narbayeva madaniy meros obyektlarini saqlashning huquqiy mexanizmini yaratish kerakligini qayd etdi.

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilindi
20 oktabr 2021, 15:45

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilindi

Interpol O‘zbekistonda firibgarlik qilgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki fuqaroni Janubiy Koreyada qo‘lga olib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. «Endi ular qilmishlari uchun sudda javob berishlariga to‘g‘ri keladi», — deyiladi xabarda.

1869 yilda qurilgan Xo‘ja Porso jome masjidi buzib tashlandi
20 oktabr 2021, 14:49

1869 yilda qurilgan Xo‘ja Porso jome masjidi buzib tashlandi

Gid Jamil Qosimov 1869 yilda Marg‘ilonda qurilgan qadimiy Xo‘ja Porso jome masjidi buzib tashlanganini xabar qildi. U Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgandi. Madaniy meros agentligi bino bir necha joyidan yorilgani bois buzib, yangidan qurilayotganini ma’lum qildi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning 12 ta qadimiy darvozasini tiklash bo‘yicha qarorni imzoladi
20 oktabr 2021, 13:36

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning 12 ta qadimiy darvozasini tiklash bo‘yicha qarorni imzoladi

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning 12 ta qadimiy darvozasini tiklash va qurish bo‘yicha qarorni imzoladi. Darvozalarning joylashuvi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan xaritalarni bog‘lash orqali aniqlangan. Oldinroq «Gazeta.uz» departamentning tadqiqoti qanday borganligi va darvozalarning aniq joylashuvi haqida yozgan edi.

Gulruhbegim Tohirjonova AQSh milliy terma jamoasi tarkibiga kirdi
20 oktabr 2021, 10:38 1

Gulruhbegim Tohirjonova AQSh milliy terma jamoasi tarkibiga kirdi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQSh chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, AQSh milliy terma jamoasidan joy egalladi.

O‘zbekistonlik qiz San-Remodagi musiqa festivalida birinchi o‘rinni egalladi
20 oktabr 2021, 10:10

O‘zbekistonlik qiz San-Remodagi musiqa festivalida birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik 6-sinf maktab o‘quvchisi Sofiya Singh Gill Italiyadagi Sanremo Junior bolalar xalqaro musiqa festivalida birinchi o‘rinni egalladi.

Sergelida yangi yo‘lning bir qismi ochildi (foto)
20 oktabr 2021, 10:07

Sergelida yangi yo‘lning bir qismi ochildi (foto)

Poytaxtda Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan yangi yo‘l qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi (foto).

19 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
19 oktabr 2021, 21:30

19 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvi, O‘zbekiston muftiysi va Toshkent shahri bosh imom-xatibi tayinlanishi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘lishi — “Gazeta.uz"ning 19 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning reyestri to‘g‘risidagi qonun qabul qilinadi
19 oktabr 2021, 19:21

Korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning reyestri to‘g‘risidagi qonun qabul qilinadi

Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov Korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning reyestri to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi yaqin kunlarda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

Rahmatulloh Sayfuddinov Toshkent shahri bosh imom-xatibi bo‘ldi
19 oktabr 2021, 19:00

Rahmatulloh Sayfuddinov Toshkent shahri bosh imom-xatibi bo‘ldi

Yunusobod tumani va «Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.

Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston muftiysi etib saylandi
19 oktabr 2021, 18:29

Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston muftiysi etib saylandi

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy etib saylandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting