Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va «Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov Toshkent shahri bosh imom-xatibi etib tayinlandi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

U mazkur lavozimda avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy etib saylangan Nuriddin Xoliqnazarovning o‘rnini egalladi.

Sayfuddinov Rahmatulloh ish faoliyati davomida Toshkent shahridagi «Xo‘ja Alambardor», «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilgan.