8 oktabr kuni Istanbul bosh prokuraturasi chechen muxolifatchilariga qurolli hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblanayotgan to‘rt nafar Rossiya, shuningdek Ukraina va O‘zbekiston fuqarolarini hibsga oldi, deya xabar bermoqda Meduza Turkiyaning Hurriyet nashriga tayanib.

Bundan tashqari, qo‘lga olinganlar siyosiy va harbiy josuslikda ham ayblanmoqda, buning uchun Turkiyada 15 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi belgilangan. Sud ayblanuvchilarni hibsga oldi va ular hozirda Istanbul provinsiyasining Maltepe qamoqxonasida.

Hurriyet gazetasi hibsga olinganlarning ismlarini e’lon qildi: bular Rossiya fuqarolari — Abdula Abdulayev, Ravshan Ahmedov, Bislan Rasayev va Aslanbek Abdulmuslimov, shuningdek Ukraina fuqarosi Igor Yefrim va O‘zbekiston fuqarosi Amir Yusupov.