Sergelida yangi yo‘lning bir qismi ochildi (foto)

Poytaxtda Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan yangi yo‘l qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi (foto).

O‘zbekistonlik qiz San-Remodagi musiqa festivalida birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik 6-sinf maktab o‘quvchisi Sofiya Singh Gill Italiyadagi Sanremo Junior bolalar xalqaro musiqa festivalida birinchi o‘rinni egalladi.

Gulruhbegim Tohirjonova AQSh milliy terma jamoasi tarkibiga kirdi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQSh chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, AQSh milliy terma jamoasidan joy egalladi.

O‘zbekistonga 864 ming doza Sinovac vaksinasi olib kelindi

20 oktabr kuni O‘zbekistonga GAVI Xalqaro vaksinalar alyansining COVAX dasturi doirasida Sinovac vaksinasining 864 ming dozalik partiyasi olib kelindi. Mamlakatga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 31 mln dozadan oshdi.

O‘zbekistonliklardan pul talab qilib kelgan Qirg‘iziston chegarachilari ushlandi

Chegarani kesib o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolari va katta yuk mashinalari haydovchilaridan muntazam ravishda pul talab qilib kelgan Qirg‘iziston chegara xizmati mansabdor shaxslari ushlandi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning 12 ta qadimiy darvozasini tiklash bo‘yicha qarorni imzoladi

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning 12 ta qadimiy darvozasini tiklash va qurish bo‘yicha qarorni imzoladi. Darvozalarning joylashuvi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan xaritalarni bog‘lash orqali aniqlangan. Oldinroq “Gazeta.uz” departamentning tadqiqoti qanday borganligi va darvozalarning aniq joylashuvi haqida yozgan edi.

1869 yilda qurilgan Xo‘ja Porso jome masjidi buzib tashlandi

Gid Jamil Qosimov 1869 yilda Marg‘ilonda qurilgan qadimiy Xo‘ja Porso jome masjidi buzib tashlanganini xabar qildi. U Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgandi. Madaniy meros agentligi bino bir necha joyidan yorilgani bois buzib, yangidan qurilayotganini ma’lum qildi.

Toshkent metrosiga xorijiy tajribaga ega konsultantlar jalb qilinadi

Toshkent metropoliteni boshlig‘iga raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar lavozimiga chet ellik mutaxassis, yer osti yo‘llari samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish uchun xorijiy tajribaga ega konsultantlar jalb qilinadi.

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilindi

Interpol O‘zbekistonda firibgarlik qilgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki fuqaroni Janubiy Koreyada qo‘lga olib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. “Endi ular qilmishlari uchun sudda javob berishlariga to‘g‘ri keladi”, — deyiladi xabarda.

“Madaniy meros obyektlarini saqlashning shaffof huquqiy mexanizmini yaratish kerak” — Tanzila Narbayeva

Senat madaniy meros obyektlarini saqlash va himoyasini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturi doirasidagi ishlar to‘liq bajarilmayotganligini ta’kidladi. Senat qo‘mitasi Toshkentda madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan ayrim obyektlar ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi, 4 ta obyekt mavjud emasligini, 56 ta obyektning kadastr hujjatlari bo‘lmaganligini aniqlagan. Senat raisi Tanzila Narbayeva madaniy meros obyektlarini saqlashning huquqiy mexanizmini yaratish kerakligini qayd etdi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1 mlrd dollarga qisqardi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari oktabr oyida o‘tgan oyga nisbatan 1,02 mlrd dollarga qisqardi. Yo‘qotishlarning yarmi oltin-valyuta zaxirasiga to‘g‘ri kelsa, qolgan yarmi valyutadagi aktivlarning qisqarishi hisobiga yuz bergan.

Metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, metropoliten uchun yil oxirigacha 5 ta, 2022 yilda 14 ta to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilinadi va poyezdlarning soni 80 taga yetkaziladi. Metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etilib, tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.

Yillab navbatda turish fuqarolarni bola sotib olishga majbur qilmoqda — Rustam Jo‘rayev

Senatning 20-yalpi majlisida Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev yillar davomida navbatda turish fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan bola sotib olishga majbur qilayotganini ma’lum qildi. U hozirgi kunda 500 nafardan ortiq bolani asrab olishga qariyb 5800 nafar fuqaro navbatda turganini qayd etdi.

Toshkent shahrida kvartira narxlari 5−7 foizga oshgan

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdolari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga oshdi. Ko‘chmas mulk bitimlarining umumiy sonining qariyb 40 foizi Toshkentga to‘g‘ri keladi. Toshkentda kvartira narxlari o‘tgan chorakka nisbatan o‘rtacha 5−7% ga oshgan.

1 maygacha sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilindi

Hukumat qarori bilan 2022 yil 1 maygacha banan, plantaynlar, anjir, ananas, avokado, mango, guayyava, mangostan, olma, nok, kivi va boshqa sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilindi.

Farzand asrab olgan oilalarni soliqlardan ozod qilish taklifi bildirildi

Milliy gvardiya qo‘mondoni farzand asrab olgan oilalarni soliqlardan ozod qilish, qolaversa, ularga alohida to‘lovlar, imtiyozlar yoki kompensatsiyalar to‘lab berishni taklif qildi. “Farzandlikka olganga ham qandaydir pul to‘lovlari berilsa, bola asrab olish keskin ko‘payib ketadi degan umiddamiz”, — dedi u. Shuningdek, bolani avvalambor o‘z oilasida qoldirish yoki yaqin qarindoshiga vasiylikka berish choralarini ko‘rish zarurligi aytildi.

Ismatulla Irgashev Afg‘onistonda toliblar hukumatini tan olish shartlarini ma’lum qildi

O‘zbekiston hozircha toliblar tuzgan afg‘on hukumatini tan olish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapti, dedi O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror xalqaro hamjamiyat bilan kelishilgan holda qabul qilinishi kerak.