Jamiyat

Toshkentda Matiz yo‘l chetidagi piyodalarni urib yuborishi oqibatida 3 kishi jarohat oldi
27 oktabr 2021, 14:55

Toshkentda Matiz yo‘l chetidagi piyodalarni urib yuborishi oqibatida 3 kishi jarohat oldi

Mirobod tumanida Matiz avtomashinasi yo‘l chetida turgan piyodalarni urib yuborib, ag‘darilib ketgan. Oqibatda 3 nafar piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yo‘l chetida turgan avtomobillarga ham zarar yetgan.

«Qonun imkoniyati cheklangan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyoz bermaydi». Senatorlar jamiyatlar vakillari bilan uchrashdi
27 oktabr 2021, 14:23

«Qonun imkoniyati cheklangan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyoz bermaydi». Senatorlar jamiyatlar vakillari bilan uchrashdi

Nogironlar, Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyatlari senatorlar rad etgan «Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunni ma’qullashni so‘rab, Senatga murojaat qilgan edi. Shundan so‘ng, senatorlar Odiljon Iminov va Erkin Gadoyev jamiyatlar rahbarlari bilan uchrashdi. Ta’kidlanishicha, «uchrashuvda qonun imkoniyati cheklangan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyoz va preferensiyalar berishni nazarda tutmasligi tushuntirilgan». Qolaversa, hujjatni qayta ishlashda hamkorlik qilish taklif etilgan.

Yaponiya Afg‘oniston va qo‘shni mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekistonga ham grant ajratadi
27 oktabr 2021, 13:23

Yaponiya Afg‘oniston va qo‘shni mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekistonga ham grant ajratadi

Yaponiya gumanitar ehtiyojlarning o‘sib borayotganligi sababli Afg‘oniston va qo‘shni mamlakatlarga 65 mln dollar miqdorida favqulotda grant ajratadi. Shundan 200 ming dollari O‘zbekistonga beriladi.

Aliment bo‘yicha qarzdorlarga avtomobil haydashga cheklovlar qo‘yilishi mumkin
27 oktabr 2021, 13:08

Aliment bo‘yicha qarzdorlarga avtomobil haydashga cheklovlar qo‘yilishi mumkin

Aliment to‘lamaganligi sababli transport vositasini haydashga cheklovlar o‘rnatilishi mumkin. Boshqarish huquqi cheklangan fuqarolarning reyestrini shakllantirish va qarzdor tomonidan transport vositasini boshqarganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.

To‘rtta tuman hokimi o‘tib ketgan kunga yig‘ilish chaqirish to‘g‘risida qaror chiqargan
27 oktabr 2021, 13:02

To‘rtta tuman hokimi o‘tib ketgan kunga yig‘ilish chaqirish to‘g‘risida qaror chiqargan

Taxiatosh, Boysun, Bo‘ston va Termiz tumanlari hokimlari Xalq deputatlari tuman kengashi majlislarini o‘tib ketgan kunga chaqirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishgan.

Hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyati reytingi natijalari ochiqlandi
27 oktabr 2021, 12:54

Hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyati reytingi natijalari ochiqlandi

Respublika bo‘ylab hokimlarning faoliyati samaradorligini aks ettiruvchi reyting natijalari argos.uz portalida e’lon qilindi. «Viloyatlarning TOP tumanlari» umumiy reytingida Navoiy hamda Xorazm viloyatlari kichik farq bilan yetakchilik qilmoqda. Eng quyi pog‘onani esa Surxondaryo viloyati egallagan.

Pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari talaba qizga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda (yangilandi)
27 oktabr 2021, 09:55

Pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari talaba qizga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda (yangilandi)

Toshkent davlat pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari o‘z xonasida 3 kurs talabasiga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda. Qiz qarshilik ko‘rsatgandan so‘ng dekan muovini uni derazadan itarib yuboradi va qiz tushib ketadi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dekan o‘rinbosari qo‘lga olindi.

Janubiy Koreya yana bir O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
27 oktabr 2021, 09:39

Janubiy Koreya yana bir O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi

Interpol Seulda firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan yana bir O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Avvalroq ikki erkak firibgarlikda ayblanib, Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilingan edi.

Foto: O‘zbekistonning ko‘p asrlik daraxtlari
27 oktabr 2021, 09:03

Foto: O‘zbekistonning ko‘p asrlik daraxtlari

O‘zbekiston hududida yoshi 100 va undan katta bo‘lgan 4600 dan ortiq daraxt bor. Eng keksa daraxtlar qaysi hududlarda o‘sadi va poytaxtdagi uzoq umr ko‘ruvchilarining ayrimlari qanday ko‘rinishga ega — “Gazeta.uz” fotomaterialida.

O‘zbekistonda bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori e’lon qilindi
26 oktabr 2021, 19:42

O‘zbekistonda bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori e’lon qilindi

sentabrda respublika bo‘yicha bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori 924 780 so‘mni tashkil etdi. O‘rtacha pensiyaning eng yuqori miqdori Toshkent shahrida (1 250 992 so‘m) va eng kam miqdori Andijon viloyatida (801 640 so‘m) qayd etilgan. 2016−2021 yillarda pensiyalar miqdori 2,2 baravarga oshdi.

Tadbirkorlar 22 kun ichida 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
26 oktabr 2021, 17:42

Tadbirkorlar 22 kun ichida 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Energetika vazirligi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlarida 22 kun ichida Namangan va Andijon viloyatlari aholisining bir kunlik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi. Noqonuniy foydalanish davrida tadbirkorlar jami 3,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan.

Eng kam yillik mehnat ta’tili muddati uzaytirilishi mumkin
26 oktabr 2021, 16:42

Eng kam yillik mehnat ta’tili muddati uzaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining eng kam yillik mehnat ta’tili uzaytirilishi kutilmoqda. Yangi Mehnat kodeksi loyihasida mehnat ta’tili bo‘yicha qator o‘zgarishlar o‘rin olgan.

COVID-19 bemor onadan tug‘ilajak bolaga o‘tadimi?
26 oktabr 2021, 16:41

COVID-19 bemor onadan tug‘ilajak bolaga o‘tadimi?

Homilador ayollarda koronavirusni davolashda nimalarga e’tibor qaratish zarur? Infeksiyaga chalingan onadan kasallik tug‘ilajak bolaga o‘tadimi yoki bemor ona chaqalog‘ini ko‘krak suti bilan oziqlantirishi mumkinmi? Shu kabi savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Kamola Solihova javo berdi.

Qashqadaryoda YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
26 oktabr 2021, 16:15

Qashqadaryoda YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Qamashi tumanida Nexia avtomashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Damas rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. Oqibatda 3 kishi vafot etgan, yana bir nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Talabalarni ijaraga qo‘yishdan olingan daromadni soliqqa tortmaslik taklif qilindi
26 oktabr 2021, 15:52

Talabalarni ijaraga qo‘yishdan olingan daromadni soliqqa tortmaslik taklif qilindi

Soliq to‘lovchining uy-joylarini talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Moliya vazirligi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.

2020 yilda O‘zbekistonda atmosferaga 920 ming tonnadan ortiq ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgan
26 oktabr 2021, 11:23

2020 yilda O‘zbekistonda atmosferaga 920 ming tonnadan ortiq ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgan

O‘tgan yili O‘zbekistonda atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 924,4 ming tonnani tashkil etdi. Eng yuqori ulush Toshkent va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi (foto)
26 oktabr 2021, 09:24

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi (foto)

Toshkent aeroportida 15 nafar aviatsiya ishqibozlari ishtirokida birinchi rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. «Ko‘plab holatlar ta’sirida aeroport jurnalistlar, blogerlar va spotterlar uchun yopiq edi», — dedi Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva. Tadbir qanday o‘tdi va spotterlar qanday fotosuratlarni qo‘lga kiritdi — «Gazeta.uz» maqolasida.

25 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 oktabr 2021, 22:01

25 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan prezidentlikka qayta saylanishi, YeXHT va Yevropa parlamentining hamkorlikdagi missiyasi “ko‘plab jiddiy qonunbuzarliklar” kuzatilganini qayd etishi, dunyo davlatlari rahbarlarining Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan tabrigi — “Gazeta.uz"ning 25 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekistonga qariyb 274 ming doza Pfizer-BionNTech vaksinasi olib kelindi
25 oktabr 2021, 15:43

O‘zbekistonga qariyb 274 ming doza Pfizer-BionNTech vaksinasi olib kelindi

Dushanba kuni O‘zbekiston AQShdan 273 ming 780 doza Pfizer-BionNTech vaksinasini qabul qildi.

Hafta o‘rtasida ob-havo o‘zgarib, yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
25 oktabr 2021, 11:30

Hafta o‘rtasida ob-havo o‘zgarib, yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Bugun va ertaga O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hafta o‘rtasida ob-havo o‘zgarib, yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari +4…+9, kunduz kunlari +7…+12 daraja iliqgacha pasayadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting