2020 yilda atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalardan atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 924,4 ming tonnani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Hududlar kesimida ushbu ko‘rsatkich tahlil qilinganda, eng yuqori ulush Toshkent viloyati- 46,5% va Qashqadaryo viloyati — 13,9% hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Eng kam ulush esa Jizzax viloyati — 0,4%, Surxondaryo viloyati — 0,7% hamda Xorazm viloyati — 0,7% da qayd etilgan.