Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”
O‘zbekistonning ko‘p asrlik daraxtlari
O‘zbekiston hududida yoshi 100 va undan katta bo‘lgan 4600 dan ortiq daraxt bor. Eng keksa daraxtlar qaysi hududlarda o‘sadi va poytaxtdagi uzoq umr ko‘ruvchilarining ayrimlari qanday ko‘rinishga ega – “Gazeta.uz” fotomaterialida.
Ekologiya davlat qo‘mitasi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi (Davbionazorat) maʼlumotlariga ko‘ra, 2020 yil bahorida O‘zbekistonda yoshi 100 va undan katta bo‘lgan 4682 tup daraxt bor edi. Ularning ko‘pchiligi Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida o‘sadi va asosan archalardan iborat.

Har bir viloyatda o‘sayotgan ko‘p asrlik daraxtlar sonini bilish uchun ularning ustiga bosing.

Asriy daraxtlar topilmagan yagona viloyat – Sirdaryo viloyati bo‘ldi. Mamlakatning qolgan qismida 16 turdagi “qariya” daraxt turlari, jumladan chinor, eman, yong‘oq, nok va hatto baobab ham o‘smoqda.
реклама
реклама

Suratlar tavsifini ko‘rish uchun ularning ustiga bosing.

Statistik maʼlumotlar hududlar tomonidan davlat o‘rmon fondiga kiritilmagan 78 tup qimmatbaho daraxt turlarini saqlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori ijrosi doirasida tuzildi. Davlat biologik nazorati rahbari Abdurashid Sodiqov “Gazeta.uz”ga maʼlum qilishicha, yoshi 100 va undan katta bo‘lgan barcha daraxtlar davlat muhofazasiga olingan, deydi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, daraxtlarning navbatdagi inventarizatsiyasi 2022 yilning bahorida, o‘simliklarning vegetatsiya davrida bo‘lib o‘tadi – shundan keyin qancha daraxt o‘sishda davom etayotgani va qanchasi nobud bo‘lgani maʼlum bo‘ladi.
Toshkentning asriy daraxtlari
Poytaxtning yuz yillik daraxtlari asosan shahar markazida to‘plangan. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin ulardan ayrimlarini suratga oldi.

Knyaz Romanov saroyi hududida yuz yoshdan oshgan 14 tup daraxt o‘sadi. Ular orasida 8 ta eman, 4 ta chinor, Qrim qarag‘ayi va kashtan bor. Saroy hududi yaqinida yana uch tup eman daraxti va ikki tup faxriy yoshdagi chinorlar joylashgan.
Har bir daraxtning o‘z ko‘rsatkichi bo‘lib, ularda daraxtning turi va ekilgan yili ko‘rsatilgan.
Knyaz Romanovning muhofaza qilinadigan saroyi yaqinidagi chinor
Temuriylar tarixi muzeyi ortidagi keksa eman
Poytaxtimizda ko‘plab uzoq umr ko‘radigan o‘simliklarning tashqi qiyofasi daraxtlarga bo‘lgan munosabat haqida hikoya qiladi. Agarda daraxt biron bir muhofaza qilinadigan obyekt hududida joylashmagan bo‘lsa, ko‘p hollarda uning ko‘rinishi yomon holatda bo‘ladi.
реклама
реклама
O‘simliklarda kasallik alomatlari va tajribasizlik bilan butalgan holatlar ko‘rinib turadi. Tabiat yodgorliklari yaqinida reklama video ekranlarining o‘rnatilishi tadbirkorlarning manfaatlari nomoddiy qadriyatlar, meros va bioxilmaxillikdan ustun ekanligini ko‘rsatib turadi.
Ayniqsa, bir-biriga yaqin o‘sgan ikki eman daraxtining o‘rtasidagi farq yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Ulardan biri o‘z shoxlarini amaliy sanʼat muzeyi hovlisiga keng yozib o‘sgan.
Ikkinchisi esa hovlidan tashqarida ko‘zga tashlanmaygina turibdi. U kishida achinish hissini uyg‘otadi.
Shunga qaramay, muhofaza qilinadigan hududlardan tashqarida moʻjizaviy tarzda saqlanib qolgan eski daraxtlar ham bor. Ulardan biri – qari eman daraxti Yahyo G‘ulomov ko‘chasidagi 11-uy yonida («Kitob olami» kitob do‘koni va Respublika bolalar kutubxonasi oralig‘ida) o‘sadi.
Biz har bir fuqaro poytaxtdagi asriy daraxtlarning saqlanishini nazorat qilish imkoniga ega bo‘lishi uchun ularning joylashgan manzili haqida maʼlumot berdik. Daraxtlarni asrang.
Fotosuratlar muallifi: Yevgeniy Sorochin.
Materiallarga bo‘lgan barcha huquqlar “Gazeta.uz” nashriga tegishli. www.gazeta.uz saytiga joylashtirilgan va “Gazeta.uz”ga tegishli foto-, grafik va boshqa materiallardan uchinchi shaxslar tomonidan har qanday ko‘rinishda foydalanish taqiqlanadi.

“Gazeta.uz” internet-nashriga joylashtirilgan materiallardan foydalanish shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi, ularni boshqalar bilan bo‘lishishni xohlaysizmi? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting