2016−2021 yillarda O‘zbekistonda pensiyalar miqdori 2,2 baravarga oshdi, deya xabar qilmoqda Pensiya jamg‘armasi. Xabarga ko‘ra, 2016 yil 1 yanvar holatiga respublika bo‘yicha bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori 421 629 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilning sentabr oyida 924 780 so‘mni tashkil etdi.

sentabr oyida o‘rtacha pensiyaning eng yuqori miqdori Toshkent shahrida (1 250 992 so‘m) va eng kam miqdori Andijon viloyatida (801 640 so‘m) qayd etilgan. Hududlar kesimida bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori quyidagicha:

  • Toshkent shahri — 1 250 992 so‘m;
  • Navoiy — 1 176 323 so‘m;
  • Toshkent — 1 012 617 so‘m;
  • Buxoro — 941 411 so‘m;
  • Sirdaryo — 936 392 so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 918 930 so‘m;
  • Samarqand — 902 172 so‘m;
  • Qashqadaryo — 876 728 so‘m;
  • Xorazm — 870 800 so‘m;
  • Surxondaryo — 850 685 so‘m;
  • Jizzax — 848 930 so‘m;
  • Farg‘ona — 836 856 so‘m;
  • Namangan — 802 125 so‘m;
  • Andijon — 801 640 so‘m.

Qayd etilishicha, 1 oktabr holatiga respublika bo‘yicha pensiya oluvchilarning umumiy soni 3,5 milliondan oshdi. Pensiya oluvchilarning jami aholi sonidagi ulushi 10,2 foizni tashkil qilgan holda, 1991 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 64,3 foizga ko‘paygan.

Shundan, pensiya oluvchilarning umumiy soni hududlar kesimida:

  • Farg‘onada — 462 204 nafar;
  • Samarqandda — 424 501 nafar;
  • Andijonda — 374 219 nafar;
  • Toshkentda — 370 149 nafar;
  • Toshkent shahrida — 354 577 nafar;
  • Qashqadaryoda — 354 344 nafar;
  • Namanganda — 315 113 nafar;
  • Surxondaryoda — 275 980 nafar;
  • Buxoroda — 241 975 nafar;
  • Xorazmda — 219 107 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 217 127 nafar;
  • Jizzaxda — 138 559 nafar;
  • Navoiyda — 131 965 nafar;
  • Sirdaryoda — 103 140 nafar.