Jamiyat

Irrigatsiya instituti Milliy tadqiqot universitetiga aylantirildi
13 dekabr 2021, 15:38

Irrigatsiya instituti Milliy tadqiqot universitetiga aylantirildi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti shu nomdagi Milliy tadqiqot universitetiga aylantirildi. Yangi yildan boshlab universitet o‘z-o‘zini moliyalashtirish tizimiga o‘tadi va 2022/2023 o‘quv yilidan to‘liq ilmiy va tashkiliy, boshqaruv mustaqilligiga ega bo‘ladi. Universitet ishini esa Boshqaruv kengashi muvofiqlashtiradi.

Toshkentda Matiz va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
13 dekabr 2021, 15:21

Toshkentda Matiz va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Poytaxtda Matiz va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi jarohatlanib, bir kishi vafot etdi. Bunga Matiz haydovchisining chorraxada Lacetti avtomobilini o‘tkazib yubormagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

«Amirsoy» hududida «Diplomatlar bog‘i» tashkil etildi
13 dekabr 2021, 13:25

«Amirsoy» hududida «Diplomatlar bog‘i» tashkil etildi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va xorijiy davlatlarning elchilari «Amirsoy» hududida tashkil etilgan «Diplomatlar bog‘i»da daraxt ekishdi. Turkiya elchisi Olgan Bekar kelajakni asrab qolish uchun bu ham bir imkoniyat ekanligini ta’kidladi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi
13 dekabr 2021, 12:46

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati tarkibiga kiritildi. Jamg‘armaning moliyalashtirish tartiblari, asosiy vazifalari o‘zgarishsiz qoldi.

O‘zbekiston 6 yildan buyon mulkni adolatli musodara qilish masalasida dunyo davlatlari orasida eng yomon ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda
13 dekabr 2021, 12:10

O‘zbekiston 6 yildan buyon mulkni adolatli musodara qilish masalasida dunyo davlatlari orasida eng yomon ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda

Deputat Rasul Kusherbayev «Qonun ustuvorligi» indeksining mulkni adolatli musodara qilish ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston eng oxirgi o‘rinlarda ekanligini qayd etib, ushbu holatni «sharmandachilik» deb atadi. «Gazeta.uz» o‘rganishlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich reytingga kiritilgan 2015 yildan beri O‘zbekiston mulkning adolatli musodarasi subindikatorida eng past o‘rinlarni egallab kelmoqda. Tahririyat ushbu reytingni tuzgan World Justice Project (WJP) ma’lumotlari asosida boshqa indikatorlarni ham o‘rganib chiqdi.

Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxi qimmatlashadi
13 dekabr 2021, 10:38

Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxi qimmatlashadi

1 yanvardan Toshkent shahrida jamoat transporti uchun yo‘l haqini 1400 so‘mdan 1700 so‘mgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Shunga qaramasdan, transport kartasi bilan to‘lovni amalga oshirish joriy narxdan arzonroq bo‘lishi kerak. Karta bilan jamoat tranportida harakatlanish soniga chegara o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan.

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilindi
13 dekabr 2021, 09:48

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilindi

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining oldingi xokimi imzolagan Nurafshon shahrida umumiy qiymati 34,4 mlrd so‘m bo‘lgan yodgorlik majmui va kutubxona qurish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Ushbu mablag‘lar muhtojlarga yordam berish va boshqa maqsadlarga sarflanadi.

«Qo‘yliq» bozori ko‘chirilishiga norozilik sifatida yo‘lni to‘sgan besh fuqaro qamoqqa olindi
12 dekabr 2021, 15:44

«Qo‘yliq» bozori ko‘chirilishiga norozilik sifatida yo‘lni to‘sgan besh fuqaro qamoqqa olindi

«Qo‘yliq» bozori buzilishiga qarshi norozilik bildirib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan tadbirkorlarning ishi Bektemir tuman ma’muriy sudida ko‘rilib, ularning besh nafariga 5−7 kun qamoq jazosi tayinlangan.

O‘zbekistonga 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi
12 dekabr 2021, 14:01

O‘zbekistonga 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga Xitoydan 1 mln doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltirildi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar soni 49 mln dozadan oshdi.

Asaka tumani hokimining aholi bilan nomaqbul tarzda suhbatlashgani yuzasidan izoh berildi
12 dekabr 2021, 13:03

Asaka tumani hokimining aholi bilan nomaqbul tarzda suhbatlashgani yuzasidan izoh berildi

Andijon viloyati Asaka tumani hokimi aholi bilan nomaqbul tarzda suhbatlashgani aks etgan video yuzasidan hokimlik matbuot xizmati izoh berdi. Unga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan videolarni hokimlik Telegram kanaliga joylagan mas’ul xodimlarga chora ko‘rilgan.

12 dekabrdan Farg‘ona — So‘x — Farg‘ona yo‘nalishida muntazam parvozlar amalga oshiriladi
12 dekabr 2021, 11:13

12 dekabrdan Farg‘ona — So‘x — Farg‘ona yo‘nalishida muntazam parvozlar amalga oshiriladi

Humo Air aviakompaniyasi Farg‘ona — So‘x — Farg‘ona yo‘nalishida haftasiga ikki marotaba muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Shuningdek, Samarqand aeroportidan aviaqatnovlar tiklanmoqda.

Xotin-qizlarni ta’qib qilganlik uchun javobgarlik joriy etish taklif qilindi
11 dekabr 2021, 20:43

Xotin-qizlarni ta’qib qilganlik uchun javobgarlik joriy etish taklif qilindi

Adliya vazirligi xotin-qizlarni himoya qilishni kuchaytirish, jumladan ularni ta’qib qilish, gap otish, shaxsiy hayotiga daxl qiluvchi turli foto-videolarni tarqatish holatlari uchun javobgarlik joriy etish, shuningdek, xususiy sektor hisobiga ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar sonini oshirishni taklif qildi.

Andijon universitetida zinadan yiqilib tushgan ayol vafot etdi
11 dekabr 2021, 14:49

Andijon universitetida zinadan yiqilib tushgan ayol vafot etdi

Andijon davlat universiteti binosining to‘rtinchi qavatidan yiqilib tushgan 28 yoshli ayol, voqea sodir bo‘lganidan 5 kun o‘tib, shifoxonada vafot etdi.

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi
11 dekabr 2021, 11:09

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 72-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobus piyodani urib yubordi.

Nima tayyorlaymiz: yangi yil dasturxoni uchun shirinliklar
11 dekabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: yangi yil dasturxoni uchun shirinliklar

Shokoladli hamda limonli merenga ruletlari, apelsin sedrasiga ega shokoladli pryaniklar, asalli «Archa» va «Baunti» tortlari, ko‘rgazmali pechenelar — Zira.uz yangi yil dasturxoni uchun shirinliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

O‘zbekistonga 200 ming doza Sputnik Light vaksinasi keltirildi
10 dekabr 2021, 23:04

O‘zbekistonga 200 ming doza Sputnik Light vaksinasi keltirildi

O‘zbekistonga Rossiyadan 200 ming doza yangi turdagi vaksina — Sputnik Light keltirildi. Shu bilan O‘zbekistonda koronavirucga qarshi qo‘llanilayotgan vaksinalar turi yettitaga yetdi. Sputnik Light bir komponentli vaksina bo‘lib, u bilan to‘liq emlanish uchun bir dozasini olish kifoya.

10 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 dekabr 2021, 22:00

10 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Bosh prokuraturaning yana bir xodimi pora olgani, To’palang HPD Platinum Surxondaryoda $138 mlnlik loyihani tendersiz amalga oshirayotgani, Qonunchilik palatasi majlisining jonli efirdan uzib qo‘yilishi, OTBning O‘zbekiston uchun ajratayotgan $100 mln krediti, O‘zbekiston iqtisodiyoti 30 yil mobaynida qanday o‘zgargani haqidagi maqola — «Gazeta.uz» ning 10 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Qarshi va To‘raqo‘rg‘on neft bazalari rahbarlari ishdan olindi
10 dekabr 2021, 18:46

Qarshi va To‘raqo‘rg‘on neft bazalari rahbarlari ishdan olindi

Qarshi neft bazasi rahbari 32,7 mlrd so‘mlik debitor qarzdorlikni o‘z vaqtida hisobotlarda aks ettirmagani uchun ishdan bo‘shatildi. To‘raqo‘rg‘on neft bazasida 2 mlrd so‘mning kirim qilinmagani uchun rahbar, uning o‘rinbosari va bosh hisobchisi lavozimdan ozod qilindi.

Dubayda bir tonnalik mega-palov tayyorlandi (foto,video)
10 dekabr 2021, 18:40

Dubayda bir tonnalik mega-palov tayyorlandi (foto,video)

Dubayda o‘zbekistonlik oshpaz Bahriddin Chustiy 1000 kilogrammlik mega-palov tayyorladi. Osh «EKSPO-2020» Butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston kuni doirasida tayyorlandi. Uni ikki mingdan ortiq kishi tatib ko‘rdi.

Peterburgda politsiyachilarni urib, bo‘limdan qochib ketgan o‘zbekistonlik MMA jangchisi qidirilmoqda
10 dekabr 2021, 18:30

Peterburgda politsiyachilarni urib, bo‘limdan qochib ketgan o‘zbekistonlik MMA jangchisi qidirilmoqda

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida QR-kodlar va migratsiya hujjatlari savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik MMA jangchisi politsiyachini urib, qochib ketgan. Sportchi qidirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting