8 dekabr kuni Dubay shaxrida o‘zbekistonlik mashxo‘r oshpaz Bahriddin Chustiy 1000 kilogrammlik bayram palovi tayyorladi, deya xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Ma’lum qilinishicha, osh «EKSPO-2020» Butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston kuni doirasida tayyorlanib, uni ikki mingdan ortiq kishi tatib ko‘rgan.


Gastronomik tadbir muallifi Bahriddin Chustiyga O‘zbekistonning eng sara oshpazlari yordam bergan

Taom tayyorlash jarayoni O‘zbekiston milliy paviloniga kiraverishda o‘rnatilgan ulkan ekranda onlayn shaklda translyatsiya qilingan


Ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan tantanaga kelganlarning ko‘pchiligini palovning xushbo‘y hidi, karnay va surnaylarning baland ovozdagi chaqiruvi o‘ziga tortgan


Afsonaviy o‘zbek palovidan tatib ko‘rish uchun odamlarning uzundan-uzoq navbatga turgani oshpazlarimizning mahoratiga, milliy taomlarimiz tantanasiga berilgan yuksak baho bo‘ldi, — deyiladi xabarda


EXPO-2020″ Butunjahon ko‘rgazmasi 2021 yilning 1 oktabr kuni ochilgan. Tadbir 2022 yilning 31 martigacha davom etadi. Ushbu ko‘rgazmada 191 ta davlatlarning pavilonlari joylashgan bo‘lib, ularda har bir davlatning o‘ziga hos jixatlari, milliyligi aks ettirilgan. Ko‘rgazmaga kirish chiptasining narxi 12 dollardan boshlanadi.


Baxriddin Chustiy 2017 yil 8 sentabr kuni Toshkentda «O‘zbegim» festivali doirasida dunyodagi eng katta — 7 tonnayu 360 kg miqdorda palov tayyorlagan va «Ginnessning rekordlari kitobi»ga kiritilgan edi.