4 dekabr kuni Andijon davlat universitetiga talabalarning ota-onalari majlisiga kelgan 28 yoshli ayol 4 qavatdagi ta’mirlanyotgan zinadan pastga yiqilgandi.

Daryo nashri manbasining tasdiqlashicha, ayol 9 dekabr kuni Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filiali reanimatsiya bo‘limida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Avvalroq, u binoning 4 qavatida uyali aloqa telefondan foydalanib, ehtiyotsizligi oqibatida to‘siqlar bilan o‘ralmaganligi sababli zinapoyadan pastga yiqilgani va og‘ir tan jarohati olgani haqida yozgandik.

O‘shanda universitet binosida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan «S.Haus» MCHJ ishchilari zinapoyalarning to‘siqlarini olib tashlab, qurilish ishlarini amalga oshirilgani aniqlangandi.

Bosh prokuratura holat yuzasidan «S.Haus» MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilingandi.