Jamiyat

Angrenda ikki yuk poyezdi to‘qnashdi
19 dekabr 2021, 20:12

Angrenda ikki yuk poyezdi to‘qnashdi

Angren ko‘mir konida 2 ta elektrovoz to‘qnashishi natijasida 20 ta vagon ag‘darilib ketgan, shundan 14 tasida ko‘mir bo‘lgan. 2 kishi yengil tan jarohati oldi.

Samarqand viloyatidagi portlashda 10 kishi jabrlandi
19 dekabr 2021, 16:51

Samarqand viloyatidagi portlashda 10 kishi jabrlandi

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi oshxonada portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 kishi jarohatlangan.

«Orginfo.uz kabi elektron platformalar yopilishi tarafdori emasmiz» — Statistika qo‘mitasi bayonoti
19 dekabr 2021, 14:03

«Orginfo.uz kabi elektron platformalar yopilishi tarafdori emasmiz» — Statistika qo‘mitasi bayonoti

Davlat statistika qo‘mitasi orginfo.uz sayti bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berar ekan, faqatgina qo‘mita nomining manba sifatida keltirilishiga e’tiroz bildirganini ma’lum qildi. «Davlat statistika qo‘mitasi Orginfo.uz va shu kabi boshqa elektron platformalarning yopilishi tarafdori emas», — deyiladi bayonotda.

Toshkentdan Dehliga parvozlar soni ko‘paytiriladi
19 dekabr 2021, 12:47

Toshkentdan Dehliga parvozlar soni ko‘paytiriladi

Uzbekistan Airways 24 dekabrdan Toshkent — Dehli — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga 2 marotaba amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Odil Ahmedov futboldagi faoliyatini yakunladi
18 dekabr 2021, 22:10 1

Odil Ahmedov futboldagi faoliyatini yakunladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasida 108 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan Odil Ahmedov futboldagi faoliyatiga yakun yasadi. «Sizlarning ko‘z oldilaringizda butsilarimni mixga ilib, futbolchilik faoliyatimni tugatganimni e’lon qilaman», — dedi u.

Senator Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i bo‘yicha shartnomalar tuzilmaganini ma’lum qildi
18 dekabr 2021, 18:41

Senator Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i bo‘yicha shartnomalar tuzilmaganini ma’lum qildi

Senator Tolibjon Madumarov Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i yuzasidan shartnomalar tuzilmaganini ma’lum qildi. Senator Baxtiyor Sayfullayev esa mazkur masala yuzasidan o‘rganish olib borilishini bildirdi. «Bundan keyin shahar hokimligining obyektlarni investorlarga berilishi bo‘yicha o‘ylab ish qilishini nazoratimizga olamiz», — dedi u.

Burger & Lounge restoranida burgerlarni yarim narxga xarid qilish mumkin
18 dekabr 2021, 17:00

Burger & Lounge restoranida burgerlarni yarim narxga xarid qilish mumkin

Burger & Lounge restoranining yangi filialida 2022 yil 31 yanvargacha ayrim burgerlarni «TOCHKA» promokodi bilan yarim narxga xarid qilish mumkin.

Antimonopoliya qo‘mitasi tadbirkorga tayinlangan 1,75 mlrd so‘mlik qarzdorlikni asossiz deb topdi
18 dekabr 2021, 15:45

Antimonopoliya qo‘mitasi tadbirkorga tayinlangan 1,75 mlrd so‘mlik qarzdorlikni asossiz deb topdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «Toshkent ETK» tomonidan DSS kompaniyasiga hisoblangan 1,75 mlrd so‘m qarzdorlikni asossiz deb topib, uni bekor qildi. Ushbu holat bo‘yicha elektr tarmoq korxonasining shikoyati sud tomonidan ko‘rib chiqilib, rad qilingan va qo‘mita qarori o‘z kuchida qolgan.

«Hozirda bozorning ko‘chirilishi haqida hech qanday gap-so‘z yo‘q» — senator «Qo‘yliq» bozori haqida
18 dekabr 2021, 15:42

«Hozirda bozorning ko‘chirilishi haqida hech qanday gap-so‘z yo‘q» — senator «Qo‘yliq» bozori haqida

Senator Tolibjon Madumarov «Qo‘yliq» bozori ko‘chirilishi bo‘yicha hali biror qonuniy asos yo‘qligini hamda bu boradagi shov-shuvlar o‘sha yerdagi bozorchilarning asossiz tashviqoti ekanini ta’kidladi. Avvalroq bozor ko‘chirilishi haqida 2017 yildayoq qaror qilingani aytilgandi.

O‘zbekistonning bir necha hududlarida zilzila sezildi
18 dekabr 2021, 14:22

O‘zbekistonning bir necha hududlarida zilzila sezildi

Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida kuchli bo‘lmagan zilzila sezildi. Uning epitsentri Qirg‘izistonning Botken viloyati hududida bo‘lgan.

Nima tayyorlaymiz: Yangi yil dasturxoni uchun salatlar
18 dekabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: Yangi yil dasturxoni uchun salatlar

«Yangi yil gulchambari», shuba ostidagi seld balig‘i ruleti, «Bayram torti», «Sezar», assorti va steyk bilan tayyorlangan salat — Zira.uz yangi yil dasturxoni uchun salatlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Davlat statistika qo‘mitasi Orginfo.uz sayti asoschisi ustidan ariza berdi
18 dekabr 2021, 05:00

Davlat statistika qo‘mitasi Orginfo.uz sayti asoschisi ustidan ariza berdi

Dasturchi Boburmirzo Hamroqulov Davlat statistika qo‘mitasining yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan Orginfo.uz saytini ishlab chiqdi. Davlat organining saytidan farqli ravishda, ushbu sayt kompaniyalarni nomi bo‘yicha qidirish, affillangan shaxslar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rish imkonini beradi. Qo‘mita talabiga binoan dasturchiga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. «Gazeta.uz» vaziyatni o‘rgandi.

17 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 dekabr 2021, 22:00

17 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonga 400 mln ajratgan Jahon banki hamda 162 mln dollar qarz bergan Osiyo taraqqiyot banki, Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In qabul qilgan qo‘shma bayonot, korrupsiyaviy jinoyatni sodir etgan 14 mingdan ortiq mansabdor, narxi arzonlashgan «AI-80» benzini, 2022 yilda kutilayotgan xavf-xatarlar, yangi 50 ming so‘mlik banknotadagi xatoni tan olgan MB va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 17 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Turkiyada O‘zbekiston yoshlari forumi o‘tkaziladi
17 dekabr 2021, 19:38

Turkiyada O‘zbekiston yoshlari forumi o‘tkaziladi

18 dekabr kuni Istanbulda «O‘zbekiston yoshlari forumi — Turkiya» o‘tkaziladi. Forum ishtirokchilarining loyihalarini yoshlarga doir qabul qilinishi kutilayotgan O‘zbekiston hukumati qarori uchun taklif sifatida kiritish mo‘ljallangan.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i ishdan bo‘shatildi
17 dekabr 2021, 16:20

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i ishdan bo‘shatildi

Toshkent viloyatida ekologiya sohasiga oid masalalarni ko‘rib chiqishda tizimli ravishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Qolaversa, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun 14 nafar mas’ulga «xayfsan» berildi.

Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
17 dekabr 2021, 14:38

Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kuni kunduzgi havo harorati +17 darajagacha pasayadi, yakshanba kuni esa Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi natijasida hududlarda yomg‘ir yog‘adi va havo biroz soviydi.

Maktab o‘quvchilari 28 dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi
17 dekabr 2021, 12:36

Maktab o‘quvchilari 28 dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi

Xalq ta’limi vazirligi maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28 dekabrdan (seshanba) 10 yanvarga (dushanba) qadar davom etishini ma’lum qildi.

Xususiy sektorga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi mumkin
17 dekabr 2021, 11:50

Xususiy sektorga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi mumkin

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi norasmiy valyuta operatsiyalarining oldini olish uchun xususiy valyuta shoxobchalarining ishlashiga ruxsat berish taklifini ilgari surdi.

AQShda Svetlana Rashidova — Sharof Rashidovning qizi vafot etdi
17 dekabr 2021, 11:12

AQShda Svetlana Rashidova — Sharof Rashidovning qizi vafot etdi

AQShning Nyu-York shahrida Svetlana Rashidova — Sharof Rashidovning qizi 70 yoshida vafot etdi.

Qibrayda besh kishini o‘ldirgan 24 yoshli qotil bir umrga qamaldi
17 dekabr 2021, 09:33

Qibrayda besh kishini o‘ldirgan 24 yoshli qotil bir umrga qamaldi

Iyul oyida Toshkent viloyati Qibray tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi (ota, ikki qizi va o‘g‘il) hamda uyda ishlagan quruvchini o‘ldirgan qotilga umrbod qamoq jazosi tayinlandi. U maxsus tartibli koloniyada jazo o‘taydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting