10 dekabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 72-yo‘nalishda harakatlanayotgan Mercedes-Benz rusumli yo‘lovchi avtobusi piyodani urib yubordi, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Voqea soat 18:40 atrofida Amir Temur ko‘chasida «Minor» metro bekati yaqinida sodir bo‘lgan. Piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Toshkent shahri IIBB xabarida aytilishicha, marhum yo‘lni noto‘g‘ri joyda kesib o‘tgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.