Jamiyat

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
6 dekabr 2021, 19:39

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 29 ming dollar miqdorida pora olgan vaqtida ushlandi. Gumondor ushbu pullarni 2020 yili Olmaliq prokurori sifatida ishlagan vaqtidan beri tanishining tenderda yutishiga yordam berganini aytib, talab qilib kelgan.

Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etiladi
6 dekabr 2021, 19:11

Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etiladi

Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etiladi.

18 — 25 dekabr kunlari «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021» bo‘lib o‘tadi
6 dekabr 2021, 19:08

18 — 25 dekabr kunlari «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021» bo‘lib o‘tadi

Yoshlar ishlari agentligining xabar berishicha, 18 dekabrdan 25 dekabrgacha «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021» bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Forumdan maqsad yoshlarning g‘oya va takliflarini eshitish ekanligi aytildi. Takliflar yoshlarforumi.uz platformasida e’lon qilinadi. Yoshlarning eng yaxshi takliflari hukumatga olib kiriladi.

Urushdan keyingi hayot
6 dekabr 2021, 18:36

Urushdan keyingi hayot

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi mojaro zonalaridan 381 nafar bolani repatriatsiya qildi. YUNISEF Yevropa Ittifoqi ko‘magida bolalarni reabilitatsiya qilish va jamiyatga reintegratsiya qilish loyihasini amalga oshirmoqda. Psixologlarning bolalar bilan ishlash usullaridan biri, bu — rasm chizishdir. Ba’zi bolalarning rasmlari va hikoyalarini e’tiboringizga havola etamiz.

Toshkent va Jizzaxda noqonuniy ravishda o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslar ushlandi
6 dekabr 2021, 18:31

Toshkent va Jizzaxda noqonuniy ravishda o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslar ushlandi

Toshkent davlat tenika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga, o‘qishni Qibraydagi Xalqaro moliya va texnologiyalar xususiy institutiga ko‘chirishga va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushdi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi ochildi.

Karlar madaniyat saroyida eshitishida nuqsoni bo‘lgan aktyorlar ishtirokidagi spektakl namoyish etildi — foto
6 dekabr 2021, 18:03

Karlar madaniyat saroyida eshitishida nuqsoni bo‘lgan aktyorlar ishtirokidagi spektakl namoyish etildi — foto

5 dekabr kuni Karlar madaniyat saroyida eshitishida nuqsoni bo‘lgan aktyorlar tomonidan «O‘zbekistonning oilaviy an’analari» nomli spektakl ijro etildi. YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammadzade spektakl haqidagi taasurotlari bilan bo‘lishib, «bugun men o‘zimni ortiqcha inson sifatida his qilmadim, ular ham jamiyatdan xuddi shunday munosabatni kutishadi», dedi.

Gulistonda 50 mln so‘mga sher haykali o‘rnatiladi
6 dekabr 2021, 18:01

Gulistonda 50 mln so‘mga sher haykali o‘rnatiladi

Guliston shahar hokimi farmoyishiga ko‘ra, 50 mln so‘m Guliston ko‘chasiga sher haykalini o‘rnatish xarajatlari uchun ajratildi. Ushbu farmoyish bilan yana 50 mln so‘m shahar Jinoyat sudining hojatxona binosini ta’mirlash va qurilishiga yo‘naltiriladi.

Bosh prokuraturaning vafot etgan xodimiga oid sud ishi boshqatdan ko‘rib chiqiladi
6 dekabr 2021, 17:15

Bosh prokuraturaning vafot etgan xodimiga oid sud ishi boshqatdan ko‘rib chiqiladi

Marhum xodimning otasi nafaqa pullarini talab qilib, Bosh prokuratura ustidan apellyatsiya shikoyati kiritgani ma’lum qilingandi. Ish Toshkent shahar FIB sudlov hayatida ko‘rib chiqildi va marhumning otasi boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa olish huquqiga ega emasligi aniqlandi. Ish birinchi instansiya sudiga marhumning turmush o‘rtog‘i ishtirokida ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

TikTok Fest konserti yoshlar ongi va dunyoqarashiga salbiy ta’sir etadi — Madaniyat vazirligi
6 dekabr 2021, 16:32

TikTok Fest konserti yoshlar ongi va dunyoqarashiga salbiy ta’sir etadi — Madaniyat vazirligi

Madaniyat vazirligi TikTok Fest konserti yuzasidan munosabat bildirib, u yoshlar ongi va dunyoqarashiga salbiy ta’sir qiladi, deb hisoblashini ma’lum qildi. Qolaversa, bu kabi konsertlarga vazirlik emas, balki IIV va hokimiyat mas’ul ekani aytildi. Ëshlar ishlari agentligi esa konsert dasturi bekor qilinganini qayd etdi.

Metroning barcha yo‘nalishlarida «tig‘iz paytlarda» poyezdlarning oraliq intervallari qisqartiriladi
6 dekabr 2021, 15:50

Metroning barcha yo‘nalishlarida «tig‘iz paytlarda» poyezdlarning oraliq intervallari qisqartiriladi

Toshkent metropoliteni rahbariyati yig‘ilishida metroning barcha yo‘nalishlarida «tig‘iz paytlarda» oraliq intervallarni maksimal darajada qisqartirish belgilandi. Shuningdek, harakat tarkiblari soni ko‘paytiriladi.

«Avtomobil tarixi»da transportda sodir etilgan huquqbuzarliklar ham aks etishi mumkin
6 dekabr 2021, 13:55

«Avtomobil tarixi»da transportda sodir etilgan huquqbuzarliklar ham aks etishi mumkin

«Avtomobil tarixi» bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga oid hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, endilikda avtomobilning tarixida nafaqat unga tegishli umumiy ma’lumotlar balki, unda sodir etilgan huquqbuzarlik va YTHlar, taqiq mavjud yoki yo‘qligi kabi axborotlar aks etadi.

O‘zbekistonda haydovchini suratga olib tekshiruvchi alkotesterdan foydalanish boshlandi
6 dekabr 2021, 13:23

O‘zbekistonda haydovchini suratga olib tekshiruvchi alkotesterdan foydalanish boshlandi

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yangi namunadagi alkotesterdan 150 tasini respublika bo‘yicha foydalanishga topshirdi. Uning yordamida haydovchi to‘xtatilgan joyida tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin. Qurilma esa tekshiruvdan o‘tayotgan haydovchini suratga olib, buni chekda aks ettiradi.

Markaziy Osiyo tadbirkor ayollarining Diskussion klubi tashkil etildi
6 dekabr 2021, 10:33

Markaziy Osiyo tadbirkor ayollarining Diskussion klubi tashkil etildi

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqoti shafeligida mintaqa davlatlari tadbirkor ayollari Diskussion klubining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Daraxtlar atrofini betonlash davom etmoqda
5 dekabr 2021, 14:47

Daraxtlar atrofini betonlash davom etmoqda

Jizzax viloyatining Gagarin shaharchasida 75 tup daraxt atrofi betonlab chiqildi. Ushbu holat tanqidlar ostida qolib ketganidan so‘ng ular atrofi betondan tozalandi, biroq bu yangi savollarni keltirib chiqardi. Daraxtlar tubini asfaltlash va betonlash amaliyoti uzoq yillardan buyon davom etib kelmoqda va oxiri tugamaydiganga o‘xshaydi. Ekopartiya birgina jarima bilan muammo hal bo‘lmasligini ma’lum qildi. Daraxtlar keyinroq qayta o‘tqazildi.

Andijon davlat universitetida ota-onalar majlisiga kelgan ayol 4-qavatdan tushib ketdi
5 dekabr 2021, 13:19

Andijon davlat universitetida ota-onalar majlisiga kelgan ayol 4-qavatdan tushib ketdi

28 yoshli ayol Andijon davlat universitetiga talabaning oila a’zosi sifatida ota-onalar majlisiga kelgan. Shunda u binoning 4 qavatida uyali aloqa telefon apparatidan foydalanib, ehtiyotsizligi oqibatida ta’mirlanyotgan zinalardan yurgan va pastga yiqilgan. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
5 dekabr 2021, 10:53

Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bugun ob-havo o‘zgarib turishi ma’lum qilindi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent shahrida kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi.

Dublyaj aktyori Sanjar Sa’dullayev vafot etdi
4 dekabr 2021, 12:03

Dublyaj aktyori Sanjar Sa’dullayev vafot etdi

Dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayev 67 yoshida vafot etdi. U faoliyati davomida yuzlab filmlar va seriallarga ovoz bergan.

Hokim yordamchilarining maoshi ular ishlaydigan mahalladagi xonadonlar soniga qarab belgilanadi
4 dekabr 2021, 11:41 1

Hokim yordamchilarining maoshi ular ishlaydigan mahalladagi xonadonlar soniga qarab belgilanadi

Prezident farmoniga binoan, hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi. Shuningdek, hukumat bir oy muddatda hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi.

Nima tayyorlaymiz: mol go‘shtidan noodatiy taomlar
4 dekabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: mol go‘shtidan noodatiy taomlar

Satsebeli, pomidorli qayla va chashushuli, osiyocha usulda pishirilgan va sabzavotlar bilan dimlangan go‘sht — Zira.uz mol go‘shtidan tayyorlanadigan noodatiy taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Toshkentda ko‘zi ojiz piyoda bo‘lish qanday?
3 dekabr 2021, 23:56

Toshkentda ko‘zi ojiz piyoda bo‘lish qanday?

Har yili 3 dekabrda Xalqaro nogironlar kuni nishonlanadi. Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish ular uchun qulay muhit yaratishni nazarda tutadi. Biroq O‘zbekistonda bunday emas. «Gazeta.uz» Toshkentdagi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar maxsus maktabi joylashgan eng tajovuzkor chorrahalardan birida ko‘zi ojizlar ko‘chani kesib o‘tishda qanday muammolarga duch kelishini o‘rgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting