«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda yangi yil dasturxoni uchun shirinliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Apelsin sedrasiga ega shokoladli pryaniklar


Xushbo‘y va qarsildoq, ammo nozik markaziga ega shokoladli to‘q sariq pechene o‘zining yorqinligi va tashqi qiyofasi bilan sizni maftun etadi.

Asalli «archa» torti


Yangi yil dasturxoniga shunday nafis, chiroyli va eng muhimi mazali, archa shaklidagi tort tayyorlashni tavsiya etamiz. Unda nozik asalli ko‘rj qaymoq va shokoladli krem bilan mukammal tarzda uyg‘unlashgan.

«Baunti» torti


Baunti torti — bu mashhur shokoladni to‘la-to‘kis shirinlikka aylantirish uchun haqiqiy imkoniyat. Ushbu shokoladli tortni tayyorlashda hech qanday qiyin narsaning o‘zi yo‘q.

Limonli merenga ruleti


Ozgina nordon bo‘lgan limonli kurd bilan to‘ldirilgan mayin va shirin merengali rulet tayyorlashni taklif qilamiz. Ushbu noodatiy kombinatsiya ko‘pchilikka yoqadi. Rulet o‘zi juda yumshoq bo‘lib, usti qarsildoq, markazida esa kremi mavjud.

Shokoladli rulet


Shokoladli ruletdan pishirib, endi bayram dasturxoni atrofida yig‘iladigan yaqinlaringizni yanada xushnud qiling. Bizning retsept asosida tayyorlangan rulet juda mayin chiqib, shokolad ta’miga to‘yinib pishadi.

Ko‘rgazmali pechenelar


Bu pishiriqlardan shundoqqina yangi yil nafasi ufirib turadi. Bunday nomni bu pechenelar o‘rtasidagi rang-barang karamellari sababli ham olgan, chunki ular bir qarashda vitrajli oynalarni eslatadi.

Zanjabilli pryaniklar bilan bezatilgan medovik


Hammaga yaxshi tanish bo‘lgan asalli «Medovik» torti — bu hattoki shirinliklarga befarq odamlar ham rad eta olmaydigan zavqdir. Bunday ko‘rinishga ega medovik esa bayram shukuhini taqdim etishi aniq.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15