Jamiyat

Samarqandda xorijlik sayyohni haqoratlagan mehmonxona menejeri 10 sutkaga qamaldi
28 aprel 2022, 10:28

Samarqandda xorijlik sayyohni haqoratlagan mehmonxona menejeri 10 sutkaga qamaldi

Samarqanddagi mehmonxonalardan birining ish boshqaruvchisiga xorijlik sayyoh, IT-mutaxassisni haqoratlab, kamsitgani uchun 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Andijon viloyatida 4 ballik zilzila qayd etildi
28 aprel 2022, 05:04

Andijon viloyatida 4 ballik zilzila qayd etildi

Andijon hududida sodir bo‘lgan 4,1 magnitudali zilzila Xonobod, Qo‘rg‘onepa, Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlarida ham sezildi.

27 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 aprel 2022, 21:55

27 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

«O‘zkomnazorat»ga tayinlangan yangi boshliq, Tashqi ishlar vazirligidan ketgan Abdulaziz Kamilov, 30 aprel kuni bo‘ladigan xayriya hashari, O‘zbekistonda bolalarga nisbatan nojo‘ya harakatlar uchun javobgarlik kuchaytirilishi, qorako‘lchilik va ipakchilik uchun muddati uzaytirilgan imtiyozlar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 27 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Chiroqchida YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi
27 aprel 2022, 19:15

Chiroqchida YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Chiroqchi tumanida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan YPX xodimlari va aholi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Fuqarolardan biri inspektorning pogoni va bodikamerasini yulib olgan. Tuman prokuraturasi ularga nisbatan jinoyat ishi ochdi.

«Vaziyat yaxshilandi, ammo hali qaytishni tavsiya qilmaymiz». O‘zbekistonlik shifokor Kiyevdagi vaziyat haqida
27 aprel 2022, 17:19

«Vaziyat yaxshilandi, ammo hali qaytishni tavsiya qilmaymiz». O‘zbekistonlik shifokor Kiyevdagi vaziyat haqida

Kiyevda ishlayotgan o‘zbekistonlik shifokor Temurbek Yusupov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida Ukraina poytaxtida vaziyat ancha yaxshilangani, komendantlik soati qisqargani, jamoat transporti ishi tiklanganini aytdi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar hozircha shaharga qaytishni tavsiya etmayapti, chunki vaziyat keskin yomonlashishi mumkin. Shuningdek, u Polsha bilan chegarada sodir bo‘lgan YTHda yana bir o‘zbekistonlik halok bo‘lganini ma’lum qilib, Ukrainadagi «banderovchilar va natsistlar» haqidagi xabarlar bo‘yicha fikr bildirdi.

To‘xtab turish va avtomobil qo‘yish joylaridagi yo‘l belgilari o‘zgaradi (Foto)
27 aprel 2022, 17:09

To‘xtab turish va avtomobil qo‘yish joylaridagi yo‘l belgilari o‘zgaradi (Foto)

1-maydan respublikadagi to‘xtab turish va avtomobil qo‘yish joylarida turli ko‘rinishdagi yo‘l belgilari o‘rnatiladi. Avvalgi yo‘l harakati qoidalarida to‘xtash joyi belgisi faqat bir ko‘rinishda edi.

YHXBlarda maktablar bilan ishlovchi katta inspektor lavozimi joriy etildi
27 aprel 2022, 16:01

YHXBlarda maktablar bilan ishlovchi katta inspektor lavozimi joriy etildi

YHXX hududiy boshqarmalarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining hamkorlikda ishlovchi katta inspektor lavozimi joriy etildi. U, jumladan, o‘rta maxsus ta’lim dargohlarida yoshlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi, viktorina va turli musobaqalarni tashkil etadi.

30 aprel kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
27 aprel 2022, 14:51

30 aprel kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Hukumat farmoyishiga ko‘ra, shanba kuni O‘zbekistonda umumxalq hayriya hashari bo‘ladi.

Samarqandda fuqaroni uchta davlat orqali AQShga jo‘natishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi
27 aprel 2022, 14:36

Samarqandda fuqaroni uchta davlat orqali AQShga jo‘natishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

AQShda yashovchi sherigi bilan Samarqandda yashovchi fuqaroni 40 ming dollar evaziga Turkiya va Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQShga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bunday holatlar hududda avval ham qayd etilgan edi.

Foto: Chaqiriluvchilar Vatanga sadoqat qasamyodini qabul qildi
27 aprel 2022, 14:11

Foto: Chaqiriluvchilar Vatanga sadoqat qasamyodini qabul qildi

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlar Vatanga sodiqlik qasamyodini qabul qildi. Marosimda “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin ishtirok etib, chaqiriluvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashdi.

Mualliflik huquqini muntazam ravishda buzuvchi saytlar faoliyati vaqtincha cheklanadi
27 aprel 2022, 14:00

Mualliflik huquqini muntazam ravishda buzuvchi saytlar faoliyati vaqtincha cheklanadi

Mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonunbuzilish holatlarini tizimli ravishda sodir etib kelgan veb-saytlar faoliyati vaqtincha cheklanadi. Intelektual mulk sohasida davlat nazorati kuchaytiriladi.

“Dadam: „Jeff Bezosni ko‘rdingmi?“ — deb so‘rardi” — Amazon kompaniyasining reklama bo‘yicha konsultanti Irina Ablyazova
27 aprel 2022, 13:00

“Dadam: „Jeff Bezosni ko‘rdingmi?“ — deb so‘rardi” — Amazon kompaniyasining reklama bo‘yicha konsultanti Irina Ablyazova

Amazon kompaniyasining tematik reklamalarning avtomatlashtirilgan xaridi bo‘yicha konsultanti Irina Ablyazova — “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasining navbatdagi mehmoni. Biz undan Amerikadan bo‘lmaslik ish topishga qanday yordam berishi, kompaniyaning qat’iy korporativ madaniyati, nima uchun rahbariyatga chuqur hurmat bilan munosabatda bo‘lish shart emasligi va AQShga qanday qilib borish mumkinligi haqida so‘radik.

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan nojo‘ya harakatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
27 aprel 2022, 11:30

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan nojo‘ya harakatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Senatda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, voyaga yetmaganlarga nisbatan nomaqbul harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

Dehqonobodda qo‘ng‘ir ayiq bolasi o‘lik holda topilgani bo‘yicha ma’lumot berildi
27 aprel 2022, 11:17

Dehqonobodda qo‘ng‘ir ayiq bolasi o‘lik holda topilgani bo‘yicha ma’lumot berildi

25 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida ekologlar ona qo‘ng‘ir ayiqni ikki bolasi bilan uchratib qolgan edi. Bir kun o‘tib ijtimoiy tarmoqlarda bolalarning bittasi o‘ldirilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv natijasida gumonlanuvchi aniqlandi. Uning uyidan bir dona ayiq bolasining terisi topilgan. Lekin gumondor ayiq bolasini o‘lik holda topganini aytmoqda.

2021 yilda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining 87 foizi oilada sodir etilgan
27 aprel 2022, 10:52

2021 yilda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining 87 foizi oilada sodir etilgan

2021 yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ayollar va qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 39343 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 34330 tasi yoki 87 foizi oilada sodir etilgan.

Milliy gvardiya qo‘mondoniga o‘rinbosarlar tayinlandi
27 aprel 2022, 10:17

Milliy gvardiya qo‘mondoniga o‘rinbosarlar tayinlandi

Adxamjon Sormonkulov va Sarvar Mamayusupov Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

«OAV erkinligi uchun xalqaro tashkilotlar yordami kerak» — Komil Allamjonov
27 aprel 2022, 10:10

«OAV erkinligi uchun xalqaro tashkilotlar yordami kerak» — Komil Allamjonov

Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbari Komil Allamjonov BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet bilan uchrashuvda OAV erkinligini ta’minlash uchun xalqaro tashkilotlarning ko‘magi zarurligini ta’kidladi. U BMT boshqarmasi bilan hamkorlik matbuotni rivojlantirish va «aholini agressiv va shafqatsiz xorijiy tashviqotdan» himoya qilish uchun muhim deb atadi.

Farg‘ona vodiysida sel hodisalari kuzatilishi mumkin
27 aprel 2022, 09:28

Farg‘ona vodiysida sel hodisalari kuzatilishi mumkin

O‘zgidromet 27 aprel kuni kuchli yog‘ingarchilik tufayli Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida sel kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Jizzaxdagi sel qabristonning yarmini oqizib ketdi, yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi choralar ko‘rilmoqda
27 aprel 2022, 00:57

Jizzaxdagi sel qabristonning yarmini oqizib ketdi, yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi choralar ko‘rilmoqda

Jizzax viloyati Egizbuloq mahallasiga kelgan sel 70 dan ortiq qabrni oqizib ketgan. SES xodimlari aholi orasida turli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun suv va tuproq namunalarini olishdi hamda aholiga dori va antiseptik vositalari tarqatdi.

26 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
26 aprel 2022, 22:00

26 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ramazon xayitida 5 kun dam oladigan o‘zbekistonliklar, Antikorrupsiya agentligi devoriga korrupsiyaga atab chizib ketilgan graffiti, o‘zini haqiqiy andijonlik deb bilganlarni har kuni Andijon polkasiga raqsga tushishga chaqirgan hokim, turizm bo‘yicha hokim o‘rinbosarlariga sinov muddati bergan prezident va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 26 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting