Samarqandda xorijlik sayyohni haqoratlab, kamsitgan mehmonxona ish boshqaruvchisiga qonuniy chora ko‘rildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

Unda aytilishicha, tarixiy obidalar bilan tanishish uchun kelgan xorijlik sayyoh, IT sohasi bo‘yicha mutaxassis V.K. Bosh prokuraturaga murojaat qilib, Samarqandda joylashgan mehmonxona ish boshqaruvchisi A. U. uni haqorat qilib, sha’n va qadr-qimmatini kamsitganini ko‘rsatgan va qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘tkazilgan o‘rganish natijasi bo‘yicha, mehmonxona ish boshqaruvchisi A. U.ning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari borligi aniqlanib, to‘plangan hujjatlar sudga taqdim qilindi.

Sudning 22 apreldagi qarori bilan huquqbuzarlik sodir etgan A. U.ga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, javobgarlik muqarrarligi ta’minlandi hamda xorijlik sayyohning huquqlari tiklandi,deyiladi xabarda.