26 aprel kuni qabul qilingan hukumat farmoyishiga [199-F] ko‘ra 30 aprel kuni respublikada umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Hashar Mahalla obodligi — yurt farovonligi" shiori ostida bo‘lib o‘tadi. Undan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, keng jamoatchilik ushbu tadbirlar tashabbuskori bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, farmoyishga ko‘ra, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i, M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan miqdorda ko‘chat hamda qalamchalar olish istagini bildirgan hududlardagi barcha xo‘jalik tashkilotlariga shartnoma asosida qonunchilikda belgilangan tartibda pul o‘tkaziladi.

Hashar shanba kuniga to‘g‘ri keladi. Ma’lumot uchun, respublikada hafta davomida iliq ob-havo saqlanib qoladi.