Tegishli qarorga ko‘ra O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayevga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sormonkulov Adxamjon Raimovich
Foto: Milliy gvardiya

Qaror bilan, polkovnik Sormonkulov Adxamjon Raimovich — Milliy gvardiya qo‘mondonining jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar A. Sormonkulov Milliy gvardiyaning Toshkent shahridagi brigada komandiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Mamayusupov Sarvar Dexkanovich
Foto: Milliy gvardiya

Polkovnik Mamayusupov Sarvar Dexkanovich — Milliy gvardiya qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar, kadrlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar S. Mamayusupov Milliy gvardiya qo‘mondonining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.