O‘zgidromet kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, bugun Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li hududlarida hamda Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qildi.

Jumladan:

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.