28 aprel kuni tonggi soat 03:28 da O‘zbekistonda zilzila qayd etildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lum qilishicha, uning epitsentri Andijonning Xonobod tumanida joylashgan.

Zilzila magnitudasi epitsentrda 4,1 ni tashkil etdi. Toshkentdan 327 km janubiy-sharqda. Chuqurlik — 15 km.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Xonobod tumanida 4 ball, 2 km.
  • Qo‘rgontepa tumanida 3 ball, 16 km.
  • Jalaquduq tumanida 2 ball, 37 km.
  • Xo‘jaobod tumanida 2 ball, 44 kmda qayd etilgan.