Jamiyat

Malakasi yetarli bo‘lmagan haydovchilar mashinani maxsus belgi bilan haydaydi
25 aprel 2022, 21:30

Malakasi yetarli bo‘lmagan haydovchilar mashinani maxsus belgi bilan haydaydi

1-maydan boshlab ikki yildan kam haydovchilik tajribasiga ega haydovchilarning avtomobillarida maxsus “Haydovchilikni endi boshlagan” belgisi bo‘lishi shart.

Nikohlanuvchilar o‘z hisobidan genetik tekshiruvdan o‘tishadi
25 aprel 2022, 18:12

Nikohlanuvchilar o‘z hisobidan genetik tekshiruvdan o‘tishadi

2023-yil 1-iyuldan nikohlanuvchilar genetiklarning xulosasi bilan turmush qurishadi. Bunda fuqarolar reproduktiv salomatlik markazlari orqali o‘z hisoblaridan molekulyar-genetik testdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonda 9-may kuni harbiy paradlar o‘tkazilmaydi — Mudofaa vazirligi
25 aprel 2022, 17:28

O‘zbekistonda 9-may kuni harbiy paradlar o‘tkazilmaydi — Mudofaa vazirligi

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan respublikada harbiy parad o‘tkazish nazarda tutilmagani ma’lum qilindi. Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Oybek Mamadaliyev oldingi yillar ham bunday namoyishlar bo‘lmaganini aytdi.

Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi
25 aprel 2022, 15:37

Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Avvalroq unga qo‘mita huzuridagi Fiskal institut rahbarligi ham yuklatilgan edi.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
25 aprel 2022, 14:52 1

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

2022−2023 o‘quv yili uchun respublika OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari e’lon qilindi. Abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.

Shifokorlar 1-sentabrdan yakka tartibda oilaviy shifoxona tashkil etishi mumkin
25 aprel 2022, 14:36

Shifokorlar 1-sentabrdan yakka tartibda oilaviy shifoxona tashkil etishi mumkin

1-sentabrdan shifokorlarga alohida tibbiyot muassasasi ochmasdan o‘z uyida yoki ijaraga olgan binosida yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat berilmoqda. Shuningdek, oilaviy poliklinikalarning kunduzgi statsionar ish vaqti 20:00 gacha uzaytiriladi.

Toshkentda OITSga chalingan stomatolog bemorlarni davolab kelgani aniqlandi
25 aprel 2022, 13:47

Toshkentda OITSga chalingan stomatolog bemorlarni davolab kelgani aniqlandi

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 29 yoshli shaxs OITS bilan kasallanganiga qaramasdan tish shifokori sifatida faoliyatini davom ettirgani aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hafta davomida iliq ob-havo saqlanib qoladi
25 aprel 2022, 12:28

Hafta davomida iliq ob-havo saqlanib qoladi

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Chorshanba va payshanba kunlari markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +27…+32 darajagacha ko‘tariladi.

Samarqandda fermer 6 gektar yerni $170 mingga sotishga uringani aytilmoqda
25 aprel 2022, 11:49

Samarqandda fermer 6 gektar yerni $170 mingga sotishga uringani aytilmoqda

Pastdarg‘om tumanida fermer 6 gektar yerni noqonuniy tarzda 170 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. U oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan. Gumondor yer maydonini fuqaro nomiga tuman hokimligidagi tanishlari orqali rasmiylashtirishni va’da qilganligi aytilmoqda.

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar sotganlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi
25 aprel 2022, 10:44

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar sotganlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari Toshkent shahri va viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan 9 nafar shaxsni hibsga oldi. Ularning oldidan 34 mln so‘mlik 1351 dona dori vositasi topilgan.

Qardosh shahar. Qardoshlik munosabatlari nimani anglatadi?
24 aprel 2022, 20:41

Qardosh shahar. Qardoshlik munosabatlari nimani anglatadi?

Toshkent dunyodagi 26 shahar bilan, Samarqand esa 29 shahar bilan qardoshlik aloqalariga ega. Aprel oyining so‘nggi yakshanbasida Butunjahon qardosh shaharlar kuni nishonlanadi. O‘zbekiston shaharlari qancha qardoshlarga ega va bu munosabatlar nimani anglatadi — «Gazeta.uz» maqolasida.

«Bu yerda hammasi boshqacha ekanini bilardim. Va bu bilan hisoblashish kerak». Relokantlar — O‘zbekistondagi birinchi oy haqida
24 aprel 2022, 16:00

«Bu yerda hammasi boshqacha ekanini bilardim. Va bu bilan hisoblashish kerak». Relokantlar — O‘zbekistondagi birinchi oy haqida

«Gazeta.uz» o‘z mamlakatlarini tark etib, O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan Rossiya, Belarus va Ukraina fuqarolari haqida turkum materiallarni taqdim etadi. IT-mutaxassis Daniil va «Exo Moskvы» jurnalisti Kseniya Toshkentdagi hayotlarining birinchi oyida olgan taassurotlari haqida so‘zlab berishdi.

Magistraturaga o‘qishga kirishda mutaxassislik fanlaridan imtihonlar bekor qilinishi mumkin
24 aprel 2022, 12:02

Magistraturaga o‘qishga kirishda mutaxassislik fanlaridan imtihonlar bekor qilinishi mumkin

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov magistraturaga o‘qishga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni bekor qilish tartibi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Magistraturaga o‘qishga kirishda chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati hamda bakalavr diplomining o‘rtacha bali hisobga olinishi mumkin.

Suv ostida qolgan «O‘tkan kunlar». Jizzaxda sodir bo‘lgan sel oqibatlari — foto
24 aprel 2022, 10:57

Suv ostida qolgan «O‘tkan kunlar». Jizzaxda sodir bo‘lgan sel oqibatlari — foto

Jizzax viloyati Forish tumanida sodir bo‘lgan suv toshqini birinchi bo‘lib qabristonga urilgan va 70 dan ortiq qabrlarni oqizib ketgan. «Gazeta.uz» muxbiri Egizbuloq mahallasidagi sel oqibatlari aks etgan yana bir fotoreportajni tayyorladi. Unda suv kelishi oqibatida oqizib ketilgan qabrlar, aholining buzilgan uylari tasvirlangan.

«Ovozimizni ham chiqarmay, jimgina urush tugashini kutishdan boshqa choramiz yo‘q» — Anna Frank kundaligi
24 aprel 2022, 09:00

«Ovozimizni ham chiqarmay, jimgina urush tugashini kutishdan boshqa choramiz yo‘q» — Anna Frank kundaligi

Urush adabiyotida Ikkinchi jahon urushi xotiralari bilan bog‘liq kundaliklar orasida «Anna Frank kundaligi» eng ko‘p shuhrat qozongan. Kundalikda 13 yoshli qizaloq — Anna 1942−1944 yillarda yaxudiylarga qarshi qirg‘in sabab natsistlardan yashirinib, maxfiy boshpanada kechgan og‘ir turmushi, yon-atrofida va dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalarga nisbatan o‘smirlarga xos munosabati haqida hikoya qiladi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilinadi
23 aprel 2022, 17:33

Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilinadi

Hukumat qarori bilan 1 dekabrga qadar dasturlar ishlab chiqishda qatnashish va ularning ijrosini monitoring qilish maqsadida e-ngo.uz elektron portaliga joylashtiriladi. 1 yanvardan davlat organ va tashkilotlari ijtimoiy hamda iqtisodiy dasturlarning loyihalari, davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablag‘larning sarflanish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy tartibda portalga kiritib boradi.

Ko‘chada va metroda og‘iz ochayotganlar, ro‘zadorlarga suv tarqatayotgan yigitlar — Toshkent iftorlik paytida (foto)
23 aprel 2022, 17:00

Ko‘chada va metroda og‘iz ochayotganlar, ro‘zadorlarga suv tarqatayotgan yigitlar — Toshkent iftorlik paytida (foto)

Ramazon oyi paytida saharlikni uyda qilgan ro‘zadorlar har doim ham iftorlikka uyga qaytishga ulgurmasliklari mumkin. Kimdir ko‘chada, kimdir yo‘ldaligida, yana kimdir metro yoki avtobusda og‘iz ochmoqda. «Gazeta.uz» fotomuxbirlari Yevgeniy Sorochin va Madina A’zam iftorlik vaqtida Toshkent ko‘chalarini aylanib, chorrahalarda suv va xurmoni bepul tarqatayotgan yosh yigitlar bilan suhbatlashishdi.

«Guanjou» klinikasi mahalliy dorilarni qayta qadoqlab, qimmat narxga sotayotgani aytilmoqda
23 aprel 2022, 15:53

«Guanjou» klinikasi mahalliy dorilarni qayta qadoqlab, qimmat narxga sotayotgani aytilmoqda

O‘zbekistonda Xitoyning «Guanjou» klinikasining Toshkent shahridagi va boshqa viloyatlardagi filiallarida mahalliy dorilarni qayta qadoqlab, qimmat narxga sotayotgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Klinika mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Atlas savdo majmuasidagi aksiyaga kelgan yirik olomon tufayli tirbandliklar yuzaga keldi
23 aprel 2022, 13:59

Atlas savdo majmuasidagi aksiyaga kelgan yirik olomon tufayli tirbandliklar yuzaga keldi

Chilonzor tumanidagi Atlas savdo majmuasida maishiy texnikalarga katta chegirma e’lon qilingandan so‘ng 18 mingga yaqin fuqarolar majmua oldida to‘plangan. Natijada tirbandlik va tiqilinchlar yuzaga kelgan. Tiqilinchda bir nafar ayol xushidan ketgan. Toshkent shahar IIBB do‘kon yopilganligini va sotuv bo‘lmasligini ma’lum qildi.

«Eshikni ochib qarasam, oldimda 2 metr balandlikda suv turibdi». Forishdagi seldan jabr ko‘rganlar
23 aprel 2022, 12:06

«Eshikni ochib qarasam, oldimda 2 metr balandlikda suv turibdi». Forishdagi seldan jabr ko‘rganlar

Jizzaxdagi seldan talofat ko‘rgan uylardan birining egasi Isroil Aliyev «Gazeta.uz»ga sel qanday kelgani haqida so‘zlab berdi. «Uydan eshikni ochib qarasam, oldimda 2 metr balandlikdagi suv turganini ko‘rdim. Suv pasayguncha shunday jon saqlab turdik», — dedi u. Favqulodda vaziyatlar vaziri xotini va bolasini qutqarib qolgan Isroilni «qahramon» deb atadi. Isroil Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyat vakillari uysiz qolgan aholiga 3 xonali uy qurib berishini aytgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting