Фото: Евгений Сорочин / «Газета.uz»
Chaqiriluvchilar Vatanga sadoqat qasamyodini qabul qildi
Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”
Chaqiriluvchilar Vatanga sadoqat qasamyodini qabul qildi
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlar Vatanga sodiqlik qasamyodini qabul qildi. Marosimda “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin ishtirok etib, chaqiriluvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashdi.
24-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning qasamyodiga bag‘ishlangan tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirlar O‘zbekistonning barcha harbiy okruglari, harbiy qism va muassasalarida bo‘lib o‘tdi. Poytaxtdagi marosim Qurolli kuchlar davlat muzeyi hududidagi “Vatanga qasamyod” yodgorligi oldida bo‘lib o‘tdi.

Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov mudofaa vazirining askarlarga tabrigini o‘qib eshittirdi.

Vazir o‘rinbosari Shuhrat Xolmuhamedov (chapdan birinchi)

“Har bir erkak Vatan, ota-ona oldida qasamyod qilishi shart, – deydi harbiy qism komandiri, podpolkovnik Aziz Ahmedov “Gazeta.uz”ga. – Bu hayotda bir marotaba bo‘ladi... Qasamyod tantanali marosim, chunki tadbirda askarlarning yaqinlari ishtirok etishadi va ular yoshlarning Vatanga sadoqat qasamyodini qabul qilib, uni himoya qilish masʼuliyatini o‘z zimmalariga olganliklariga guvoh bo‘ladi”.
Qasamyod qilgan barcha askarlar shu yilning bahorida harbiy xizmatga kelgan. Ular 20 kun davomida umumiy harbiy nizomlar, maʼnaviy-maʼrifiy, saflanish, jismoniy, o‘t ochish, muhandislik hamda boshqa maxsus intizom bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tdi, deydi Aziz Ahmedov.

“[Endi] ularda jangovar ruh bor. Bu vaqt ichida ular mustaqil bo‘lib, o‘zlari uchun masʼuliyatni his qilishni boshlashdi”, — deya qo‘shimcha qildi podpolkovnik.
реклама
реклама
Ofitserning aytishicha, qasamyoddan keyin harbiy xizmatchilarning hayoti o‘zgaradi. Marosimga qadar ular naryadga chiqishmasdi, qoidabuzarliklar uchun ular intizom ustavi bo‘yicha jazolanmasdi.

Aziz Ahmedovning aytishicha, qasamyod qilgan harbiy xizmatchilar sodir etgan jinoyati uchun Jinoyat kodeksi va intizom ustaviga muvofiq jazolanadi. Harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgach, ular ham barcha fuqarolar singari faqat Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgar bo‘ladilar, biroq harbiy sirni tarqatmaslik majburiyatini o‘zida saqlab qoladi.
Askar Boburshoh Zohidjonovning otasi Boburjon Yo‘ldoshevning aytishicha, u o‘g‘lining sinfdoshlari va boshqa yaqinlari bilan birga Namangan viloyatidan kelgan. Chaqiriluvchilarning qasamyod qabul qilish sanasi haqida unga bo‘lim komandiri xabar bergan.

“O‘g‘lim 14-yanvarda tug‘ilgan — bu ramziy maʼno. Bolaligidan u harbiy bo‘lishni orzu qilgan. Onasi xavotirda edi, lekin bu uning Vatan oldidagi burchi. Nega endi yubormaslik kerak ekan? Muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgach, u oliy harbiy taʼlim muassasasi – Milliy gvardiyaga o‘qishga kirmoqchi”, — dedi Boburjon Yo‘ldoshev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, marosimdan so‘ng kechki soat 18:00gacha askarlarga harbiy qismdan javob berildi. Bu vaqtda oila Toshkentda yashovchi qarindoshlarinikiga borib, osh pishirishadi.
реклама
реклама
Yana bir ota, Ildar o‘g‘lini ko‘rish uchun Samarqanddan kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi Sovet Ittifoqi davrida Kareliyada armiyada xizmatda bo‘lgan.

“O‘g‘limning ishda omadi kelmadi, armiyaga borishini aytdi. U kirishga harakat qildi. Qaysi qo‘shinda xizmat qilishning farqi bo‘lmasa-da, texnikalar bilan ishlaydigan qo‘shinlarga kirishga harakat qildi... Men o‘g‘limdan xavotir olmadim. Aksincha, uning dunyoqarashi kengayib, armiya nimaligini, ota-ona kimligini his qilishiga harakat qildim”.
Ildar o‘g‘lini ko‘rganini, ko‘zlari ko‘zlariga nazari tushganini aytdi.

“Men uni unchalik sog‘inmadim. U o‘zini erkakdek his qilishi kerak. Agar u harbiy xizmatni davom ettirmoqchi bo‘lsa, bunga qarshi emasmiz. Hamma erkaklar xizmat qilgani kabi u ham xizmat qilsin”, — deydi u.
Yuliyaga marosim sanasi haqida o‘g‘li Ilxon telefon orqali maʼlum qilgan. U Navoiydan kelgan.

“Unga hammasi yoqayotganligini, yaxshi ovqatlar berishayotganini aytdi. Men unga: agar o‘qishga kirmasang, armiyaga borasan, derdim. Lekin u o‘qishga kirdi. U hozirda Moskvada chet tili bo‘yicha sirtqi taʼlimda tahsil oladi. Unga armiya ham zarar qilmaydi, deb qaror qildim. U jismonan yaxshi formada bo‘lishini xohlardim. Ishga kiradigan payt bu unga as qotishini uylab, o‘g‘limga baribir armiyaga bor, dedim”, — deydi u.

Yuliyaning qo‘shimcha qilishicha, agar o‘g‘li harbiy xizmatni davom ettirmoqchi bo‘lsa, unga qarshilik qilmaydi.
Fotosuratlar muallifi Yevgeniy Sorochin.
Matn va barcha grafik materiallarga bo‘lgan huquqlar “Gazeta.uz” nashriga tegishli. “Gazeta.uz” internet-nashrida eʼlon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi? U haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting