Jamiyat

29 may kuni Tashkent Opera Fest’ning tantanali yopilishi marosimi bo‘lib o‘tadi
25 may 2022, 19:00

29 may kuni Tashkent Opera Fest’ning tantanali yopilishi marosimi bo‘lib o‘tadi

29 may kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida 20 kun davomida Toshkent ahlini shod qilib kelayotgan Tashkent Opera Fest bayramining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Senat majlisi yana jonli efirda uzatilishi rejalashtirilmoqda
25 may 2022, 18:09

Senat majlisi yana jonli efirda uzatilishi rejalashtirilmoqda

28 may kuni Oliy Majlisi Senatining 26-yalpi majlisi yuqori palataning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritiladi. Avvalroq Senatning 25-yalpi majlisi boshlanganidan deyarli 8 daqiqa o‘tib, hech qanday sabablarsiz Uzreport TV telekanalida ham, telekanalning YouTube-sahifasida ham to‘xtatilgan edi.

«O‘zbekkonsert»ga yangi direktor tayinlandi
25 may 2022, 16:09

«O‘zbekkonsert»ga yangi direktor tayinlandi

Davlat filarmoniyasi direktori o‘rinbosari Davron Sheraliyev «O‘zbekkonsert» direktori etib tayinlandi.

Yangi gaz hisoblagichlarini sentabrgacha o‘rnatib bo‘lish rejalashtirilgan
25 may 2022, 16:06

Yangi gaz hisoblagichlarini sentabrgacha o‘rnatib bo‘lish rejalashtirilgan

O‘zbekistonda iste’molchilar uchun «aqlli» gaz hisoblagichlarini o‘rnatish sentabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Dastlab buni 2021 yil 1 avgustgacha bajarish rejalashtirilgan edi, muddatlar bir necha bor ortga surildi. Xususiy uylarning 97,7 foizida hisoblagichlar o‘rnatilgan, kvartiralarning atigi 53 foizga qamrab olingan.

Jizzaxda seldan talofat ko‘rgan oilalarga uy-joy qurish boshlandi
25 may 2022, 16:00

Jizzaxda seldan talofat ko‘rgan oilalarga uy-joy qurish boshlandi

Jizzax viloyatining Forish tumanida seldan talofat ko‘rgan oilalar uchun yangi uy-joylar qurish ishlari boshlandi. Oilalar uchun yer maydonlari ajratilib, 20 ta zamonaviy uy-joylar bunyod etiladi. 100 ga yaqin uy-joylarda rekonstruksiya ishlari olib boriladi.

Foto: Namangandagi xalqaro gullar festivali qanday o‘tdi?
25 may 2022, 15:01

Foto: Namangandagi xalqaro gullar festivali qanday o‘tdi?

O‘zbekistonning gullar poytaxti sifatida tanilgan Namanganda 5 iyunga qadar xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tadi. 61 yillik bayram munosabati bilan Bobur nomidagi istirohat bog‘iga 2 mln tup gul ekiladi. Bu yil yomg‘irlar bilan o‘tgan festivalning ochilishida «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam ham ishtirok etdi.

Pastdarg‘omda 2000 tup marixuana yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi
25 may 2022, 12:21

Pastdarg‘omda 2000 tup marixuana yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi sement saqlash omborxonasida 2000 tup marixuana o‘stirganlikda gumon qilingan 3 nafar fuqaro qo‘lga olindi. Ular qo‘lga tushmaslik uchun omborxonaga o‘t qo‘yib yuborishgan.

Hokim bir vaqtning o‘zida mahalliy kengash raisi bo‘lishi noto‘g‘ri — Sodiq Safoyev
25 may 2022, 12:00

Hokim bir vaqtning o‘zida mahalliy kengash raisi bo‘lishi noto‘g‘ri — Sodiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hokimlarning bir vaqtning o‘zida ham ijro hokimiyati, ham vakillik hokimiyati rahbari bo‘lishi noto‘g‘riligini ta’kidladi. «Bu masalani Konstitutsiya bilan yechib qo‘yish kerak», dedi u. Uning ta’kidlashicha, amaldagi Konstitutsiya bilan barcha kutilgan o‘zgarishlarni amalga oshirishning imkoni yo‘q.

Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida kavlangan chuqurdan eski sopol buyum va qabriston qoldiqlari topildi
25 may 2022, 11:13

Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida kavlangan chuqurdan eski sopol buyum va qabriston qoldiqlari topildi

Samarqandda Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida obodonlashtirish inshooti qurish uchun yer kavlangani aniqlandi. Kavlangan chuqurdan o‘rta asrlarga oid sopol buyum qoldiqlari, g‘isht va qabriston qoldiqlari topilgan.

Rossiyada pilot loyiha doirasida ishga joylashtiriladigan o‘zbekistonlik migrantlar soniga cheklovni olib tashlash rejalashtirilmoqda
25 may 2022, 11:09

Rossiyada pilot loyiha doirasida ishga joylashtiriladigan o‘zbekistonlik migrantlar soniga cheklovni olib tashlash rejalashtirilmoqda

Rossiya Mehnat vazirligi xorijliklarni ishga joylashtirish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida O‘zbekistondan Rossiyaga kelishi mumkin bo‘lgan migrantlar soniga cheklovni olib tashlashni taklif qilmoqda. Hozirda ushbu cheklovga ko‘ra, pilot loyiha doirasida 10 ming nafar o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash uchun bora oladi.

O‘zbekiston fond bozori ishtirokchilari uchun «Investorlar jangi 2.0» tanlovi o‘tkaziladi
25 may 2022, 11:00

O‘zbekiston fond bozori ishtirokchilari uchun «Investorlar jangi 2.0» tanlovi o‘tkaziladi

«Investorlar jangi 2.0» tanlovida investitsion portfeli eng katta o‘sishni ko‘rsatganlar g‘olib bo‘lishadi. Arizalar 6 iyun kunigacha qabul qilinadi yakunlanadi.

Foto: Maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi
25 may 2022, 10:56

Foto: Maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi

25 may kuni O‘zbekiston maktablarida 390 ming nafar 11-sinfni bitirgan o‘quvchilar uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi. «Gazeta.uz» poytaxt maktablaridagi tadbirlardan fotoreportaj tayyorladi.

«O‘zbekiston haqidagi tasavvurlarim xato bo‘lganligidan hursandman» — Rossiyalik relokantning ilk taassurotlari
25 may 2022, 10:42

«O‘zbekiston haqidagi tasavvurlarim xato bo‘lganligidan hursandman» — Rossiyalik relokantning ilk taassurotlari

Mart oyida Toshkentga ko‘chib kelgan rossiyalik yigit nega O‘zbekistonga ko‘chib kelgani va bu yerda qanday afzalliklar hamda kamchiliklar borligi haqida, shuningdek, Toshkentda yashash davomidagi kuzatuvlari to‘g‘risida hikoya qildi.

Farg‘ona viloyat XTB derazadan sakragan o‘quvchi voqeasiga izoh berdi
25 may 2022, 09:57

Farg‘ona viloyat XTB derazadan sakragan o‘quvchi voqeasiga izoh berdi

Farg‘ona viloyat XTB o‘qituvchi o‘quvchiga baqirib, yuziga urganidan keyin qiz derazadan sakrab tushgani aks etgan videoga izoh berdi. Ma’lum qilinishicha, sinf birinchi qavatda joylashgan, qiz bungacha ham dars tugashiga 5 daqiqa qolganida sinfni deraza orqali tark etgan.

2022-yil bitiruvchilariga murojaat
25 may 2022, 09:31

2022-yil bitiruvchilariga murojaat

Vazirlar, deputat, UNIСEF vakolatxonasi rahbari, IT-Park direktori, Inkuzart hamda faol jamoatchilik vakillari 2021−2022-o‘quv yili bitiruvchilariga o‘z maslahatlari va tilaklarini bildirishdi.

24 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 may 2022, 22:00

24 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Rossiya prezidenti bilan gaplashgan Shavkat Mirziyoyev, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Qozog‘iston bilan hamkorlik qiladigan O‘zbekiston, Samarqandda ochilgan eng yirik 2-quyosh fotoelektr stansiyasi, Qozog‘iston TIVning Samarqandda turistlar bilan bo‘lgan holatga munosabati, tengdoshini mashinada bosib ketgan namanganlik maktab o‘quvchisi, O‘zbekistonni Qirg‘iziston bilan bog‘lovchi yerosti tunneli topilgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 24 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Nasrulla Babayev Bekobod shahriga hokim bo‘ldi
24 may 2022, 17:27

Nasrulla Babayev Bekobod shahriga hokim bo‘ldi

Qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Nasrulla Babayev Bekobod shahri hokimi etib tayinlandi.

O‘zbekistonda «Madaniy meros va ijod platformasi» ishga tushiriladi
24 may 2022, 16:36

O‘zbekistonda «Madaniy meros va ijod platformasi» ishga tushiriladi

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi «Madaniy meros va ijod platformasi» ni ishga tushiradi. Barcha amalga oshirilayotgan madaniy dasturlar va loyihalar xaritaga kiritiladi, bu esa umumiy manzarani ko‘ra olish, e’lon qilingan siyosat va strategiyalar doirasida muvofiqlashtirilgan holda ishlash imkonini beradi.

Qozog‘iston TIV Samarqandda turistlar bilan sodir bo‘lgan holatga munosabat bildirdi
24 may 2022, 16:13

Qozog‘iston TIV Samarqandda turistlar bilan sodir bo‘lgan holatga munosabat bildirdi

Qozog‘iston TIV rasmiy vakili Aybek Smadiyarov Samarqandda ichki ishlar xodimlari turistlarga nisbatan elektroshoker qo‘llagan holat yuzasidan munosabat bildirdi. «O‘zbekistonda jamiyatning o‘zi huquq-tartibot idoralari xodimlarining harakatlarini qoralamoqda… Biz bunga aralashmaslikka harakat qilayapmiz va faqat fuqarolarimiz himoyasiga tegishli qismini kuzatib borayapmiz», — dedi u.

Namanganda 7-sinf o‘quvchisi avtomobilda tengdoshini bosib ketdi
24 may 2022, 16:12

Namanganda 7-sinf o‘quvchisi avtomobilda tengdoshini bosib ketdi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 7-sinf o‘quvchisi «Vaz-2106» rusumli avtomobilni noqonuniy boshqarayotib, yo‘l chetida ketayotgan 14 yoshli piyodani bosib ketdi. Bu oxirgi uch sutka ichida O‘zbekiston yo‘llarida YTH oqibatida sodir bo‘lgan sakkizinchi o‘lim holatidir.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting