Davron Sheraliyev «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Sheraliyev tayinlovga qadar O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori o‘rinbosari bo‘lgan.

«O‘zbekkonsert» muassasasining oldingi direktori Jamoliddin Uzoqov ushbu lavozimda 2021 yil may oyidan beri faoliyat yuritayotgan edi.