2021 yilda Freedom Finance tomonidan tashkil etilgan «Investorlar jangi»da 650 dan ortiq kishi qatnashdi. Tanlovda portfel daromadi ko‘rsatkichi 48,9 foizni tashkil etgan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Ulug‘bek Fazilov birinchi o‘rinni egalladi. Tanlov davomida kompaniya har oyda o‘rtacha 200 ta yangi brokerlik hisob raqamini ochdi.

O‘zbekistonda «Investorlar jangi 2.0» tanlovi bo‘lib o‘tadi. Tanlov 2022 yilning 7 iyunidan 31 avgustigacha davom etadi. 10 may kuni hujjatlarni qabul qilish boshlandi, jarayon 6 iyunda yakunlanadi. Tanlovda O‘zbekiston respublikasi fuqarolari va respublika fond bozorida pul ishlash istagida bo‘lgan xorijliklar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovning majburiy sharti: ishtirokchilar Freedom Finance investitsiya kompaniyasining mijozi bo‘lishlari shart. G‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun da’vogarlar safida bo‘lish uchun brokerlik hisob-varag‘ida 1 mln so‘m yoki shu ekvivalentdagi qimmatbaho qog‘ozlar bo‘lishi talab etiladi. Tanlovning asosiy sovrinlari noutbuk, planshet va smartfon bo‘ladi.


«Tanlov Investitsiya institutlari milliy uyushmasi ishtirokida tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi chakana investorlar orasida fond bozori vositalarini ommalashtirish va birjadagi bitimlar hajmini oshirishdan iborat. Freedom Finance o‘z mijozlarini — eng faol, eng yosh va eng keksa, shuningdek, ayol investorlarni qo‘shimcha sovrinlar bilan taqdirlaydi», — dedi tanlov haqida Freedom Finance kompaniyasining O‘zbekistondagi ijrochi direktori Yevgeniy Mojeyko.

Tanlovda belgilangan muddat davomida investitsiya portfeli eng katta o‘sishni ko‘rsatganlar g‘olib bo‘ladi. Siz 11 ta emitentning oddiy aksiyalari bilan savdo qilishingiz mumkin: Hamkorbank, «Kvars», O‘zRTXAB, «O‘zsanoatqurilishbank», «Qizilqumsement», «Quvasoysement», «O‘zmetkombinat», «Ipoteka-bank» va «O‘zikkilamchiranglimetall», «Toshkentvino kombinati», «Sredazenergosetproyekt». Oxirgi ikki kompaniyaning qimmatbaho qog‘ozlarini oldi-sotdisi Elsis-Savdo nomli birjadan tashqari platformasida, boshqa emitentlar savdosi esa «Toshkent» Respublika fond birjasida (RFB) amalga oshiriladi.

G‘oliblarni aniqlash uchun komissiya tuziladi, uning tarkibiga tashkilotchi kompaniyalar ekspertlari, shuningdek, Moliya vazirligi, Investitsiya institutlari milliy uyushmasi va Respublika fond birjasi mutaxassislari kiradi.

Ishtirok etish uchun arizani Freedom Finance saytida yoki 1135 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali oldirish mumkin.

Qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarga egalik qilish har doim xavflar bilan bog‘liq. Investitsion obyekt sifatida qimmatbaho qog‘ozlarni tanlash va bu tanlovning oqibatlari investorning xavfi hisoblanadi.

Telefon: (+998) 78−147−75−55.

Reklama huquqlari asosida.