Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi (XTB) Qo‘shtepa tumanidagi 22-maktab o‘quvchisi o‘qituvchi bilan janjallashib, derazadan sakrab tushgani aks etgan videoga izoh berdi.

Video ijtimoiy tarmoqlarda bir kun avval paydo bo‘lgan va foydalanuvchilar qiz ikkinchi qavatdan sakraganini taxmin qilishgan. Videoda o‘qituvchi qizni urishadi, uning yuziga uradi, jim turishi uchun baqirib, baho qo‘ymasligini aytadi. Shundan so‘ng maktab o‘quvchisi derazadan sakrab tushganidan keyin o‘qituvchi uning ota-onasini so‘kadi.

Farg‘ona viloyati XTB o‘z bayonotida 8-sinf o‘quvchisi o‘qituvchisidan kimyo darsi vaqtida kalitni uyiga tashab kelish uchun ruxsat so‘ragani aytilgan. O‘qituvchi dars tugashiga 5 daqiqa qolganini aytgan. Shunga qaramay, qiz sinfdan deraza orqali chiqib ketgan. O‘qituvchi uni yana sinf xonasiga olib kirib tanbeh bergan, biroq o‘quvchi qiz yana derazadan qochib ketgan.

Voqea qizning sinfdoshi tomonidan suratga olingan. Sinf birinchi qavatda joylashgan. Maktab o‘quvchisi hech qanday jarohat olmagan, deyiladi xabarda.

Farg‘ona viloyati XTB mazkur holat nazoratga olinganini, o‘rganish davom etayotganini va natijasi bo‘yicha ma’lumot berilishini aytgan.