20 kun davomida Toshkent shahri aholisi, kattalar va bolalar taniqli mumtoz ariyalardan bahramand bo‘lishdi, xalq qo‘shiqlariga bayramiga qo‘shilishdi. Andijon polkasi sadolari ostida raqsga tushishdi. Mis trubalar, skripkalarning ajoyib sadolari va professionallarning tiniq ovozlari bilan o‘ziga jalb etgan Tashkent Opera Fest poytaxtga haqiqiy bayram shukuhini olib kirdi.

Ushbu festivalning ahamiyatli jihati shundaki, u shaharning bir nechta burchaklarida — Navoiy nomidagi DAKT maydonida, Moviy gumbazlar yonidagi xiyobon sahnasida, Tashkent City istirohat bog‘i atriumidagi ko‘l bo‘yida, Magic City bog‘ining sohil bo‘yida va kutilmagan maskanlarda ham bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, fleshmoblar uyushtirilib, ular metro vagonida yoki aeroportning zalida, Central Park arg‘imchoqlari yonida, Markaziy ekopark yo‘lagida, Gagarin ko‘chasidagi xiyobonda odamlarga qo‘shiq kuylab bergan, musiqa asboblarini chalgan holda, atrofdagilarga kutilmaganda bayram kayfiyatini tuhfa etishdi. Kutilmaganlik effekti go‘zal musiqa bilan muloqot qilish quvonchini sezilarli darajada oshirdi.

San’atkorlar tadbirga o‘zgacha zavq bag‘ishlashdi, ular qo‘shiqlar kuylashdi va chalishdi, raqsga tushishdi va tinglovchilarni bayramona tadbirda ishtirok etishga taklif qilishdi. Ayniqsa, aeroportda hammani xayron qoldirishdi, u yerda yo‘lovchilar chamadonlarini tashlab, xalq kuyiga raqsga tushishdi. Gagarin ko‘chasida esa konsert yakunida tomoshabinlar ularning davom etishini so‘rashganida, musiqachilar «Slavyankaning vidolashuvi» sadolari ostida hazilona saf tortib, jo‘nab ketishdi va chilonzorliklarning olqishiga sazovor bo‘lishdi.

Bunday noodatiy, keng ko‘lamli festival yakuni ham qiziqarli bo‘lishi kerak. Tantanali sahna ko‘rinishlariga boy bo‘lgan konsertda opera ijrochilariga betakror balet jamoasi ham qo‘shiladi. Katta yakuniy konsert buni kuzatganlar va eshitganlarning xotirasida anchagacha saqlanadi.

Tashkent Opera Fest’ning tantanali yopilish marosimi 29 may kuni soat 19:30 da «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyo tarixida ilk bora 500 nafar musiqachidan iborat orkestr tashrif buyurganlarga quvonch ulashadi. Xush kelibsiz!

Chiptalarni iTicket.uz saytida 60 000 so‘mdan 200 000 so‘mgacha bo‘lgan qiymatda xarid qilish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (+998) 71 207 10 71

(+998) 71 207 20 72.

Reklama huquqlari asosida.