Jamiyat

Xakerlar Asakabank`dan $700 ming o‘g‘riladi
19 sentabr 2022, 19:10

Xakerlar Asakabank`dan $700 ming o‘g‘riladi

Ijtimoiy tarmoqlarda xakerlar Asakabank hisob raqamidan 700 ming dollar o‘g‘rilagani haqida xabarlar tarqaldi. Bank matbuot xizmati holat bo‘yicha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘tkazilgani, hodisa mijozlar jamg‘armalariga ta’sir ko‘rsatmasligini qayd etdi.

“Ta'lim va kasb-2022” ko‘rgazmasi O‘zbekistonning sakkizta shahrida bo‘lib o‘tadi
19 sentabr 2022, 19:00

“Ta'lim va kasb-2022” ko‘rgazmasi O‘zbekistonning sakkizta shahrida bo‘lib o‘tadi

26 sentabrdan 24 oktabrgacha O‘zbekistonning sakkizta shahrida “Ta'lim va kasb-2022” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlar to‘gridan to‘gri universitet xodimlaridan dolzarb ma’lumotlarni olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston «ArMI-2022» o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi
19 sentabr 2022, 18:41

O‘zbekiston «ArMI-2022» o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi

Mudofaa vazirligi 2022 yilgi Xalqaro armiya o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egallagan milliy terma jamoa harbiylarini taqdirladi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 7 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

«Transport vaziri uyg‘onadigan vaqt keldi». Prezident — transport sohasidagi ishlar sustligi haqida
19 sentabr 2022, 17:48

«Transport vaziri uyg‘onadigan vaqt keldi». Prezident — transport sohasidagi ishlar sustligi haqida

Shavkat Mirziyoyev transport vazirligiga Samarqand aeroportida aviareyslar va yo‘nalishlarga bo‘lgan barcha cheklovlar olib tashlanganini barcha davlatlarning aviatsiyaga mas’ul idoralariga yetkazishni buyurdi. Shuningdek, vodiy, Nukus, Urganch va Termizdan kuniga kamida 1 ta aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishni topshirdi.

Toshkentda ayol rashk sabab talaba qizni «samosud» qildi
19 sentabr 2022, 17:06

Toshkentda ayol rashk sabab talaba qizni «samosud» qildi

Toshkentda ayol rashk sabab Pedagogika universiteti talabasini «samosud» qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Oliygoh matbuot xizmatiga ko‘ra, holat talabaga ham tushunarsiz bo‘lgan. Qiz voqea yuzasidan IIOga ariza yo‘llagan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Prezident Qashqadaryo hokimiga turizm sohasidagi kamchiliklar uchun hayfsan berdi
19 sentabr 2022, 16:56

Prezident Qashqadaryo hokimiga turizm sohasidagi kamchiliklar uchun hayfsan berdi

Shavkat Mirziyoyev ichki va tashqi turizm salohiyatini oshirishda ishlarni yetarli darajada tashkil etmagani uchun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovga hayfsan berdi. Shuningdek, 14 ta tuman hokimini bugun ishdan olib, o‘zgarish qilish uchun ularga uch oy sinov muddati berilishini aytdi.

Qamchiqda ag‘darilib ketgan yuk mashinani FVV xodimlari qutqarib qoldi
19 sentabr 2022, 16:45

Qamchiqda ag‘darilib ketgan yuk mashinani FVV xodimlari qutqarib qoldi

Dushanba kuni «Qamchiq» dovonida sigareta chekib harakatlangan Volvo yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, to‘siqqa urilishi oqibatida mashina ag‘darilib ketdi. Qutqaruvchilar avtomobilni xavfsiz hududga olib chiqib, haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatdi.

Andijon va Farg‘onada psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘yildi
19 sentabr 2022, 16:35

Andijon va Farg‘onada psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘yildi

Andijonda IIB bilan hamkorlikda 994 dona «Lirika» hamda umumiy bahosi 68,7 mln so‘mlik 4 004 dona dori vositalari, Farg‘onada esa DXX tomonidan 240 dona «Tropikamid» psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Toshkentda aholi e’tirozidan so‘ng mahalla orasida 12 qavatli uy qurilishi vaqtincha to‘xtatildi
19 sentabr 2022, 15:33

Toshkentda aholi e’tirozidan so‘ng mahalla orasida 12 qavatli uy qurilishi vaqtincha to‘xtatildi

Poytaxtning Ko‘kcha-Oqtepa mahallasida yashovchilar hududdagi ko‘p qavatli uy qurilishidan norozi ekanliklarini bildirdi. Avvaliga 2 qavatli bo‘lishi aytilgan bino keyinchalik 12 qavatli uy ekani ma’lum bo‘lgan. Aholi bino mahalla infratuzilmasiga salbiy ta’sir qilishidan xavotirda. Hozirda qurilish to‘xtatilgan.

«El-yurt umidi» jamg‘armasining uchinchi stipendiya tanlovi e’lon qilindi
19 sentabr 2022, 15:17

«El-yurt umidi» jamg‘armasining uchinchi stipendiya tanlovi e’lon qilindi

«El-yurt umidi» jamg‘armasi 2022 yilgi uchinchi stipendiya tanlovini e’lon qildi. 226 nomzodga mo‘ljallangan tanlovning 34 o‘rni bakalavriat uchun, 95 o‘rni magistratura uchun, 97 o‘rni esa doktorantura uchun ajratiladi. Hujjatlar 20 sentabrdan 20 oktabrga qadar qadar qabul qilinadi.

Shell kompaniyasi O‘zbekistondagi asosiy hamkorlari uchun konferensiya o‘tkazdi
19 sentabr 2022, 15:00

Shell kompaniyasi O‘zbekistondagi asosiy hamkorlari uchun konferensiya o‘tkazdi

Tadbir Shell kompaniyasining O‘zbekistondagi eng yirik yetkazib beruvchi va rasmiy distribyutori — OilGroup tomonidan tashkil etildi. Konferensiyada moylash materiallarining asosiy iste’molchilari ishtirok etdi.

Shayxontohur tumaniga Botir Zohidov hokim etib tayinlandi
19 sentabr 2022, 14:29

Shayxontohur tumaniga Botir Zohidov hokim etib tayinlandi

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Botir Zohidov Shayxontohur tumaniga hokim etib tayinlandi.

Xorazmda ayol shifokorlarning aybi bilan vafot etgani aytilmoqda
19 sentabr 2022, 13:13

Xorazmda ayol shifokorlarning aybi bilan vafot etgani aytilmoqda

Tarmoqlarda Yangibozor tumanida 24 yoshli ayol shifokorlarning aybi bilan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat SSBga ko‘ra, ayol tug‘ruq jarayonidagi operatsiyadan keyin viloyat tez tibbiy yordam markaziga o‘tkazilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, o‘sha yerda vafot etgan.

O‘zbekiston fuqarosi Malayziyadan ekstraditsiya qilindi
19 sentabr 2022, 12:17

O‘zbekiston fuqarosi Malayziyadan ekstraditsiya qilindi

Odam savdosi uchun Interpol qidiruviga berilgan O‘zbekiston fuqarosi Kuala-Lumpurdan Toshkentga olib kelindi. U o‘zgartirilgan ma’lumotlar ostida uzoq vaqt davomida Malayziyada yashirinib yurgan.

O‘zbekiston viloyatlarining AKT rivojlanishi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi
19 sentabr 2022, 11:10

O‘zbekiston viloyatlarining AKT rivojlanishi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari O‘zbekiston hududlari bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining reytingini tuzdi. Kuchli uchlikka Toshkent shahri, Navoiy va Buxoro viloyatlari kirdi. Indeks 2015—2021 yillar uchun hisoblangan.

Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh reja tasdiqlandi
19 sentabr 2022, 10:57

Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh reja tasdiqlandi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror bilan poytaxtda 2023−2027 yillarda yillik 7 mln dona mavsumiy gullar va 75 ming tupdan ziyod ko‘chatlar ekiladi. Shuningdek, 2024 yilga kelib, yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi.

Andijonda 19 yoshli haydovchi Cobalt kapotida YPX xodimini sudrab ketdi
19 sentabr 2022, 10:55

Andijonda 19 yoshli haydovchi Cobalt kapotida YPX xodimini sudrab ketdi

Andijonda Cobalt haydovchisi YPH xodimini mashina kapotida sudrab ketdi. Xodim yerga yiqilib, qo‘l va oyoqlaridan jarohat oldi. Aybdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, mashina jarima maydoniga joylashtirildi.

Registon bunyodkori Bahodir Yalangto‘sh haqida tarixiy film suratga olish boshlandi
19 sentabr 2022, 10:03

Registon bunyodkori Bahodir Yalangto‘sh haqida tarixiy film suratga olish boshlandi

Samarqanddagi Registon yaratuvchisi — Bahodir Yalangto‘sh haqida tarixiy film suratga olish boshlandi. Tasvirga olish ishlari «O‘zbekfilm» kinokonsernining yangilangan panoramali pavilonida o‘tkazilmoqda. Unga Jahongir Axmedov rejissyorlik qiladi.

Iqtisodiyot universitetining 10 nafar talabasi Dubaydagi nufuzli mehmonxonalarda amaliyot o‘taydi
19 sentabr 2022, 09:55

Iqtisodiyot universitetining 10 nafar talabasi Dubaydagi nufuzli mehmonxonalarda amaliyot o‘taydi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti BAAning nufuzli CROWN PLAZA Dubai Marina mehmonxonalar guruhi boshqaruv kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi. Universitetning Turizm fakulteti talabalaridan 10 nafari har yili Dubayning besh yulduzli mehmonxonalarida amaliyot o‘taydi.

Hafta davomida harorat biroz issiq bo‘ladi
19 sentabr 2022, 09:44

Hafta davomida harorat biroz issiq bo‘ladi

O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo sokin, yog‘ingarchiliklarsiz, biroz issiq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari janub viloyatlarida harorat +35 darajagacha ko‘tariladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting