Jamiyat

O‘zbekistonning baland tog‘larida hafta boshida qor yog‘ishi mumkin
23 sentabr 2022, 15:35

O‘zbekistonning baland tog‘larida hafta boshida qor yog‘ishi mumkin

O‘zbekiston hududiga 25−27 sentabr kunlari Volga bo‘yidan salqin va biroz nam havo kirib keladi. Shu kunlarda shamol tezligi kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Balandligi 2500 metrdan yuqori tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Moskvada o‘zbekistonlik yigit ikki nafar ayolni yong‘indan qutqarib qoldi
23 sentabr 2022, 15:16

Moskvada o‘zbekistonlik yigit ikki nafar ayolni yong‘indan qutqarib qoldi

Moskva shahrida svetofor montajchisi bo‘lib ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik Oybek Eshtemirov ko‘p qavatli turar-joyda sodir bo‘lgan yong‘in paytida ikki nafar ayolni qutqarib qoldi.

Iliq dam olish kunlaridan so‘ng havo soviy boshlaydi
23 sentabr 2022, 12:44

Iliq dam olish kunlaridan so‘ng havo soviy boshlaydi

O‘zbekistonning katta qismida dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi. Biroq yakshanba kuni shimoliy hududlarga Volga bo‘yidan salqin havo massalari kirib kela boshlaydi, unga kuchli shamol va yomg‘ir, ayrim joylarda esa momaqaldiroq hamrohlik qiladi. Keyingi haftadan sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkentda Lacetti va Cobalt to‘qnashuvida haydovchilardan biri vafot etdi
23 sentabr 2022, 12:21

Toshkentda Lacetti va Cobalt to‘qnashuvida haydovchilardan biri vafot etdi

Toshkent shahri Bektemir tumanida Lacetti va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida Cobalt haydovchisi voqea joyida vafot etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kesib tashlanmagan, sog‘lomlashtirilgan — Ekoqo‘mita Piskentda kesilgan daraxtlar haqida
23 sentabr 2022, 11:58

Kesib tashlanmagan, sog‘lomlashtirilgan — Ekoqo‘mita Piskentda kesilgan daraxtlar haqida

Toshkent viloyatining Piskent tumanida daraxtlar kesib tashlangani haqida xabar berildi. Ekoqo‘mitaning ma’lum qilishicha, 93 tup tol qayta tiklash va sog‘lomlashtirish uchun kesilgan. Ushbu amaliyot natijasida tol daraxtlarining o‘suvchanligi yanada oshishini ma’lum qilingan.

Toshkentda yuzlab konditsionerlar arxitektura yodgorliklarini “bezamoqda”
23 sentabr 2022, 11:23

Toshkentda yuzlab konditsionerlar arxitektura yodgorliklarini “bezamoqda”

Bosh prokuratura Toshkent shahridagi 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetganini aniqladi. Tashkilotlar o‘zboshimchalik bilan binoga havo sovutgich, soyabon va bannerlar o‘rnatib olgan. 25 ta obyekt foydalanuvchisiga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilib, sudlarga yuborildi.

“Odamlarimiz hayotini obinonsiz tasavvur qila olmaydi”. Novvoylar — tandirchilar qanday yashashadi va ishlashadi?
23 sentabr 2022, 11:14

“Odamlarimiz hayotini obinonsiz tasavvur qila olmaydi”. Novvoylar — tandirchilar qanday yashashadi va ishlashadi?

Har ishning boshi non bo‘lsa, O‘zbekistonda obinon — boshdagi tojdir. O‘zbeklarning tushlik dasturxoniyu bayramlarini nonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mehmonga borayotganda obinonlardan olinsa, Chig‘atoy patirlarini sovg‘a qilishadi. “Gazeta.uz” poytaxtdagi novvoylardan ushbu kasb va mazali non sirlarini o‘rgandi.

Farg‘onada 23 sotix yerni $15 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
23 sentabr 2022, 10:59

Farg‘onada 23 sotix yerni $15 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Farg‘onaning Yozyovon tumanida xususiy firma rahbari boshqa bir korxonaga ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 23 sotix yerni $15 000 evaziga sotishga kelishgan. Gumonlanuvchi pulning $10 ming va 55 mln so‘mini olgan vaqtida ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

7 ta vazirlikning kapital qurilish bilan shug‘ullanadigan buyurtmachi xizmatlari tugatiladi
23 sentabr 2022, 10:17

7 ta vazirlikning kapital qurilish bilan shug‘ullanadigan buyurtmachi xizmatlari tugatiladi

Prezident qarori bilan 7 ta vazirlikning buyurtmachi xizmatlari tugatilib, ularning amaldagi buyurtmalari mahalliy hokimliklarning injiniring kompaniyalariga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.

Ipoteka imtiyozlari kengaydi, oilalar yiliga 9 mln so‘mgacha pul tejashlari mumkin
23 sentabr 2022, 10:04

Ipoteka imtiyozlari kengaydi, oilalar yiliga 9 mln so‘mgacha pul tejashlari mumkin

Prezident qarori bilan fuqarolarning ipoteka kreditini to‘lash uchun yo‘naltirilgan soliqqa tortilmaydigan daromadlari hajmi yiliga 5 barobarga — 73,6 mln so‘mgacha oshirildi. Yangi xonadonlarni ta’mirsiz sotib olish uchun esa ipoteka va subsidiyalar beriladi.

Toshkentda Retail Days Uzbekistan xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi
23 sentabr 2022, 09:00

Toshkentda Retail Days Uzbekistan xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi

12−13 oktabrda Toshkentda O‘zbekistonning chakana savdo korxonalari va iste’mol mollari ishlab chiqaruvchilar uchun Retail Days Uzbekistan xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi.

Yangihayotdagi 409 ta yog‘och uy egalari shu yerda qoldiriladi — tuman hokimi
23 sentabr 2022, 08:36

Yangihayotdagi 409 ta yog‘och uy egalari shu yerda qoldiriladi — tuman hokimi

Toshkentning Yangihayot tumanidagi 409 ta yog‘och uy egalariga shu yerning o‘zidan yangi uy beriladi, dedi tuman hokimi Hayot Inog‘omov. Bunga 3341 nafar mulkdor kompensatsiya evaziga rozi bo‘lgan, 685 nafari esa norozi, yana 160 ta uy egasi topilmagan. Hozircha buzishga ko‘p yillik daraxtlar xalaqit bermoqda.

22 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
22 sentabr 2022, 22:00

22 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangan Zoyir Mirzayev, uning prezidentga kiritgan takliflari, ishdan olingan 4 nafar tuman bosh imomi, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarni da’vatlarga berilmaslikka chaqirgani, Jizzaxdagi YTH va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.

RF yaqin 10 yilda mamlakat fuqaroligini olgan MOliklar uchun majburiy harbiy xizmat joriy etishi mumkin
22 sentabr 2022, 17:38

RF yaqin 10 yilda mamlakat fuqaroligini olgan MOliklar uchun majburiy harbiy xizmat joriy etishi mumkin

Rossiya yaqinda mamlakat fuqaroligini olgan Markaziy Osiyodan bo‘lganlar uchun majburiy harbiy xizmatni qonuniylashtirmoqchi. «[Bu] tashabbus ushbu mamlakatlar rasmiylarining o‘z fuqarolarining maxsus operatsiyada ishtirok etishini taqiqlaganiga adekvat javob bo‘ladi», deyiladi xabarda.

Samarqandda ShHT ishtirokchilarining ekspress-testi ROSSA PZR-to‘plamlari yordamida amalga oshirildi
22 sentabr 2022, 17:00

Samarqandda ShHT ishtirokchilarining ekspress-testi ROSSA PZR-to‘plamlari yordamida amalga oshirildi

15−16 sentabr kunlari sammit o‘tkaziladigan joyda COVID-19 kasalligini aniqlash uchun tashkilotchi va ishtirokchilarning testi amalga oshirildi.

Zoyir Mirzayev prezident bilan uchrashuvda qanday takliflarni ilgari surdi?
22 sentabr 2022, 15:30

Zoyir Mirzayev prezident bilan uchrashuvda qanday takliflarni ilgari surdi?

22 sentabr kuni Nurafshon shahrida xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, tadbirkorlik, sanoat, agrar soha rivoji, turizm va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha Zoyir Mirzayev taqdim etgan loyihalar bilan tanishdi va tegishli ko‘rsatmalar berdi.

PMTI iqlim o‘zgarishi sharoitida «yashil» elektr energiyasini ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi omillarni o‘rgandi
22 sentabr 2022, 15:26

PMTI iqlim o‘zgarishi sharoitida «yashil» elektr energiyasini ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi omillarni o‘rgandi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, iqtisodiy tarmoqlar uchun zarur elektr energiya resursini rejalashtirish bevosita suv oqimi hajmini prognozlashtirish imkoniyatlari va salohiyatiga bog‘liq.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22 sentabr 2022, 14:59

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi sessiyasi o‘tkazildi. Unda 2021 yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Zoyir Mirzayev nomzodi viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Toshkent viloyatidagi har bir fuqaroga imtiyozli ipotekaga xonadon olish imkoniyati beriladi
22 sentabr 2022, 14:32

Toshkent viloyatidagi har bir fuqaroga imtiyozli ipotekaga xonadon olish imkoniyati beriladi

Prezident kelgusi yildan Toshkent viloyatida «Mening birinchi uyim» ipoteka dasturi ishga tushirilishini ma’lum qildi. Viloyatda yashovchi har bir fuqaro yangi xonadondan bir marta imtiyozli ipoteka krediti asosida olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, dedi u viloyat kengashi sessiyasida.

Jizzaxda o‘rmon noziri daraxt kesganlarga jarima qo‘llamaslik evaziga pora olgani aytilmoqda
22 sentabr 2022, 11:50

Jizzaxda o‘rmon noziri daraxt kesganlarga jarima qo‘llamaslik evaziga pora olgani aytilmoqda

Jizzax viloyatida o‘rmon noziri 14 dona terak va qayrag‘och daraxtlari noqonuniy kesilgani holati yuzasidan jarima qo‘llamaslik evaziga 3 mln so‘m pora talab qilganlikda gumonlanyapti. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting