Odam savdosi uchun Interpol kanallari orqali huquq-tartibot idoralari tomonidan qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi.

Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosining xabar berishicha, o‘zgartirilgan ma’lumotlar ostida ayol uzoq vaqt davomida Malayziyada yashiringan.

Interpolning Toshkent va Kuala-Lumpurdagi byurolari, shuningdek, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida olib borilgan tadbirlar davomida ayolning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng u hibsga olindi.

Malayziya hukumati qidiruvdagi ayolni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng, Interpol xodimlari hamrohligida ayol O‘zbekistonga olib ketildi.