10 nafar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Dubayning 5 yulduzli mehmonxonasida amaliyot o‘taydi, deya xabar bermoqda Oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Universitet O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi amaliy ko‘magida amirlikning nufuzli CROWN PLAZA Dubai Marina mehmonxonalar guruhi boshqaruv kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Unga ko‘ra TDIUning Turizm fakulteti talabalaridan 10 nafari har yili Dubayning besh yulduzli mehmonxonalarida amaliyot o‘tashlariga kelishildi. Shuningdek, uchrashuv davomida onlayn savdo tarmoqlarida «bestseller» bo‘lgan «Be the Cange in the Hospitality industry» nomli kitobning taqdimoti o‘tkazildi.


Universitet talabalarini tayyorlashda qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanish maqsadida kitob muallifi Rixsiboy Tursunov bilan kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muzokaralar davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.