Karera qurishda muvaffaqiyatga erishish ko‘p jihatdan yuqori sifatli oliy ta’limga bog‘liq. Oliy ta’lim muassasalari haqida to‘gri va aktual ma’limotni O‘zbekistonning sakkizta shahrida bo‘lib o‘tadigan “Ta'lim va kasb-2022” xalqaro ko‘rgazmasiga tashrif buyurib, olishingiz mumkin.


Ko‘rgazma doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar abituriyentlarga oliy o‘quv yurtini tanlashga yordam beradi. Abituriyentlar xolis ma’lumot olib, akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro oliygohlarga grant asosida ham, shartnoma asosida ham qabul qilinish imkoniyatlari haqida bilib oladilar.


Shuningdek, ularning aksariyati imtihonlarni va dastlabki sinovlarni joylarda topshirishlari va qayerda ro‘yxatdan o‘tib, 2023 yilning kuzida o‘qishni qaysi oliygohda boshlashni tanlab olishlari mumkin bo‘ladi.

Har yili o‘tkaziladigan “Ta'lim va kasb-2022” xalqaro ko‘rgazmasi Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi va hokimliklar ko‘magida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch va Farg‘ona shaharlarida o‘tkazilgan 13-yillik faoliyati davomida o‘ziga xos loyihaga aylandi.


2022 yilda ko‘rgazma Andijon va Namangan shaharlarida ham tashkil etilib, abituriyentlarga to‘gridan to‘gri oliygoh xodimlaridan dolzarb va kerakli ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Bu O‘zbekiston maktab o‘quvchilari uchun yangi marralarni egallash va istiqbollarni belgilash uchun ajoyib imkoniyat.

Ishtirokchilar orasida Moskva davlat xalqaro munosabatar instituti, Toshkentdagi Puchon universiteti, Olmaotadagi Qozog‘iston menejment, iqtisodiyot va prognozlash instituti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Istanbul Aydin universiteti, I. M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti, Nazarboyev universiteti, Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti, Toshkentdagi Vebster universiteti, Belorusiya davlat universiteti va boshqalar bor — jami dunyoning 40 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari.


Barcha abituriyentlar ta’lim muassasalari vakillari bilan bevosita muloqot qilish hamda ta’lim jarayoni, formati va boshqa masalalar haqida savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Agar oliygoh haqida biron ma’lumot olishingiz kerak bo‘lsa, savollaringizni bemalol berishingiz mumkin. Zero yangi ufqlarni zabt etishga oldindan tayyor bo‘lgan yaxshiroq.


Ko‘rgazmaga kirish bepul. Buning uchun ushbu havola orqali dastlabki ro‘yxatdan o‘tish kifoya.

Hamkorlar va ko‘rgazma tashkilotchilari Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, “Rossotrudnichestvo” vakolatxonasi, Erasmus+ milliy ofisi, Federal davlat budjet muassasi “Glavekspertsentr”, Tataristonning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Eva Consulting konsalting kompaniyasi va Ta’lim bo‘yicha federal agentlik “Rosobrazovaniye”.

Savollaringiz bo‘lsa, MyFair xodimlariga bevosita telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin: (+998) 78−140−5565, (+998) 90−139−6444, (+998) 90−972−5545, (+998) 90−972−5525.

Telegram-gruppa: t.me/mvo_help
Instagram: @myfair.events, @rustam_saydullaev
Cayt: myfair.events

Reklama huquqlari asosida.