O‘zgidromet markazi hafta davomida — 19 sentabrdan 23 sentabrgacha bo‘lgan davrdagi ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ish haftasi davomida O‘zbekistonda sokin, yog‘ingarchiliklarsiz, biroz issiq kuz havosi bo‘lishi kutilmoqda.

Kunduz kunlari janub viloyatlarida +35, shimol va vodiy viloyatlarida +32, tog‘larda +25 darajagacha, kechalari shimol va vodiy viloyatlarida +12, janub viloyatlarda +15, tog‘larda esa +8 darajagacha harorat kutilmalari prognoz qilinmoqda.